21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu sana har bir yurtdoshimiz uchun faxr va iftixor manbai, o‘zligimizni, milliy g‘ururimizni tarannum etuvchi bayramdir.
Ona tilimiz — tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni asrlar davomida asrab, avlodlar orasida bog‘lovchi muqaddas rishtadir.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat boshqarmasi, Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, 1-son davolash fakulteti, 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi xodimlari ishtirok etishdi.O‘zDJTU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Jiyanova Nazokat Eshquvatovna, f.f.n dotsent. «Til-millat ko‘zgusi, Muminova Oydin Kurbanovna f.f.n. dotsenti «Tilning jamiyatdagi o‘rni» mavzusida o‘zbek tilining jozibasi, so‘z qudrati va ma’naviy boyligini madh etuvchi she’riy chiqish taqdim etdilar. Shuningdek, «O‘zteleradiokanal» jurnalisti Mohiniso Kamolova ham tadbirda ishtirok etdilar.





