ToshDavTU Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

TDTU Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekistonning “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni 1989 yil 21 oktyabrda – Mustaqilligimiz e’lon qilinishidan taxminan ikki yil ilgari qabul qilingan. O‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, uning yangi tahriri 1995 yil 21 dekabrda tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 21 oktyabrda qabul qilgan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga binoan, 21 oktyabr tarixiy sanasi – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilandi.
Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda.Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Bu haqda so‘z borganda, Prezidentimizning 2020 yil 20 oktyabrda imzolangan «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni alohida e’tiborga sazovorligini ta’kidlash lozim. Mazkur hujjatda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga doir istiqboldagi vazifalar ko‘zda tutilgan.
Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni – mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni – ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz zarur!

TDTU Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan