Toshkent davlat tibbiyot universitetining Farmatsiya, menejment, fundamental tibbiyot, biotibbiyot muhandisligi va Oliy hamshiralik ishi fakultetida an’anaviy “Yil talabasi” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning bilim, iqtidor va faolligini namoyon etish, ularni ilmiy, ijtimoiy hamda madaniy hayotda faol ishtirok etishga rag‘batlantirishdan iboratdir.
Tanlov ishtirokchilari o‘zining ta’limdagi yutuqlari, ilmiy izlanishlari, ijodiy ishlari, jamoatchilik faoliyati va shaxsiy tashabbuslari bilan ishtirok ettilar.
Belgilangan mezonlar asosida baholash natijasida fakultetning eng faol va namunaviy talabalari aniqlandi. Ular universitet bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildilar.




