Shu yilning 14-Noyabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi hamda Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Yosh nevrologlar maktabi”ning 15 yilligiga bag‘ishlangan “Nevrologiyaning dolzarb muammolari” nomli nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Konferensiya doirasida bo’lajak olimlarning nevrologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy ma’ruzalari tinglandi. Ilmiy loyihalarda sun’iy intellektning o’rni va nevrologik kasalliklarni diagnostika qilishdagi ahamiyati kabi ma’ruzalar hakamlar hay’ati va yeg’ilganlarning e’tiborini jalb qila oldi. Ma’ruzalar saviyasining yuqoriligi, yildan yilga oshib borayotganini ana shu anjuman yana bir bor isbotladi.
Tadbirning ijtimoiy mohiyati— kafedra mudiri Raximbayeva Gulnara Sattarovnaning kata jamoasi va “Yosh nevrologlar maktabi” rahbari professor Yakubova Marhamat Mirakramovna tomonidan shakllantirilgan ustoz–shogird an’analarining izchil davom etayotgani, yosh mutaxassislarning ilmiy maktabga keng jalb qilinayotganidir. Ushbu an’ana 15 yil mobaynida yuzlab shogirdlar yetishib chiqishiga, nevrologiya yo‘nalishida yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.
“Yosh nevrologlar maktabi”ning eng e’tiborli jihatlaridan biri — uning to‘la jamoatchilik asosida faoliyat yuritishidir
Konferensiya ilmiy aloqalarni mustahkamlab, yosh olimlar uchun platforma yaratdi va mamlakat nevrologiyasida ilmiy istiqbollarni belgilab beruvchi muhim maydonga aylandi.



