Universitet xalqaro media – Euronews e’tiborida: sog‘liqni saqlash tizimining modernizatsiyasi! 🇺🇿

Euronews telekanalida chop etilgan maqolada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan Toshkent davlat tibbiyot universiteti va umumiy tibbiyot ta’limi hamda xizmatlarining rivojlanishi haqida ijobiy baho berildi.

💡 Asosiy yo‘nalishlar:
✔️ Raqamli tizimlar orqali – bemorlar uchun tez va samarali xizmatlar (MED-ID, elektron tibbiy kartalar, onlayn buyurtma)
✔️ Zamonaviy tibbiy markazlar qurilishi va xalqaro standartlarga mos keladigan xizmatlar joriy etilishi
✔️ Pediatriya va murakkab jarrohlik amaliyotlari endi O‘zbekistonda – bemorlar chet elga murojaat qilmaydi
✔️ Tibbiyot ta’limi – amaliyotga yo‘naltirilgan simulatsion markazlar orqali yanada kuchaymoqda

🎓 Toshkent davlat tibbiyot universiteti kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida bugungi kunda talabalar nazariy bilim bilan birga zamonaviy amaliy tajriba ham olmoqda, shuningdek yangi simulyatsion va raqamli o‘quv markazlar faoliyat yuritmoqda.

🌍 Bu yangiliklar sog‘liqni saqlash sektorini yanada inovatsion, samarali va bemorlar uchun qulay tizimga aylantirishga xizmat qilmoqda. Euronews bilan bo‘lishilgan ushbu yutuqlar — bizning kelajak sari jiddiy qadamlardir!

📲 Batafsil: Euronews maqolasi📄

https://www.euronews.com/business/2026/02/17/uzbekistan-overhauls-healthcare-with-digital-systems-and-modern-facilities

https://ru.euronews.com/embed/2867609

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan