Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan Toshkent davlat tibbiyot universitetida ustuvor vazifalar belgilandi

davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti

Kuni kecha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirok etib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, yoshlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ilmiy g‘oya va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning bandligi va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

🔺Yig‘ilishda har bir fakultet va tarkibiy bo‘linma kesimida aniq “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish hamda birorta talabaning muammosi e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✈️Ta’kidlanganidek, Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan