Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) 2024-yilda o’zining 19 ta ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o’tkazdi. Bu jarayon Ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha mustaqil xalqaro akkreditatsiya va reyting agentligi (IAAR) tomonidan amalga oshirildi. Akkreditatsiya davomida 20 ta davlatdan jalb qilingan xalqaro ekspertlar akademiyaning faoliyatini bir yil davomida o’rganib chiqishdi. Natijada, 10 ta bakalavriat yo’nalishi, 9 ta magistratura, klinik ordinatura va malaka oshirish mutaxassisliklari Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) xalqaro standartlariga mos deb topildi.
Ushbu xalqaro akkreditatsiya TTAning ta’lim sifatini oshirishga bo’lgan intilishini va xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi. Bu esa akademiya bitiruvchilarining xalqaro miqyosda tan olinishi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Akkreditatsiyadan o’tgan ta’lim dasturlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassislari:
Bakalavriat:
- 5510100 Davolash ishi
- 5510300 Tibbiy-profilaktika ishi
- 5510700 Oliy hamshiralik ishi
- 5510900 Tibbiy biologiya ishi
- 5511100 Xalq tabobati
- 5313000 Biotibbiyot muhandisligi
- 5230200 Menejment: sog’liqni saqlashda menejment
- 60910100 Stomatologiya
- 60910300 Pediatriya
- 60910700 Farmatsiya
Magistratura:
- 70910201 Akusherlik va ginekologiya
- 70910209 Nevrologiya
- 70910217 Urologiya
Klinik ordinatura:
- 140001 Akusherlik va ginekologiya
- 140013 Nevrologiya
- 140031 Urologiya
Malaka oshirish o’quv dasturlari:
- Klinik va laboratoriya diagnostikasi
- Operativ va diagnostik endxirurgiya
- Oilaviy tibbiyotda ichki organlarning eng keng tarqalgan kasalliklarini zamonaviy diagnostika va davolash