Pullik ta’lim xizmatlari

Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

 Rahbar t.f.d., professor Irisqulov Baxtiyor O‘ktamovich

Tel: +998 71 150 78 41

E-mail: bakhtiyor.iriskulov@tma.uz


Bo‘lim xaqida

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘g‘risida”gi PQ-3698-son va 2018-yil 20-iyuldagi “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3876-son qarorlariga muvofiq, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 594-sonli buyrug‘iga muvofiq ташкил этилган.

  1. Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish бўлимининг ташкил этилиш мақсад ва асосий йўналишлари.

Иlmiy va innovatsion ishlanmalarni, shuningdek, huquqlari TTAga tegishli bo‘lgan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini tijoratlashtirishni va boshqa pullik xizmatlarni kengaytirish va rivojlantirishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

  1. 2. Bo’lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardaiborat:

– bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga) talabni o‘rganish, o‘zini oqlash muddati, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash;

– rivojlanish istiqbolli, yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor loyihalarni tanlash;

– innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarni jalb qilish;

– yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida tibbiyot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik;

– byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish maqsadida soha buyurtmachilari va iqtisodiyot tarmoqlari bilan xo‘jalik shartnomalarini tuzish va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa pullik xizmatlarni amalga oshirish.

  1. TTATijoratlashtirish bo‘limi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

–  byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlarni amalga oshirish uchun TTA professor-o‘qituvchilari, o‘quv-uslubiy va ishlab chiqarish xodimlari, doktorantlar, talabalar, shuningdek, boshqa muassasalarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;

– TTA intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida intellektual mulk ob’ektlarini patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tayyorlash, rasmiylashtirish va topshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

– intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartnomalar tayyorlaydi va tuzilishini taʼminlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

– TTAning kafedralari va boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganadi, TTA intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘tkazishni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

– soha buyurtmachilari (ilmiy-tadqiqot markazlari, xususiy davolash-diagnostika muassasalari, farmatsevtika kompaniyalari, xususiy tadbirkorlar va boshqalar) bilan xo‘jalik shartnomalari asosida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yish;

– ilmiy-diagnostika laboratoriya xizmatlari, investitsiya va innovatsiya kelishuv shartnomalari, tibbiyot va farmatsevt kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, OTMlarga tayyorlov kurslarini (repetitorlik) amalga oshirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini shakllantirish va amalga oshirilishini nazorat qilish.

– TTA ilmiy-innovatsion ishlanmalari va ilmiy tadqiqotlar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, saqlaydi va maʼlumotlar bazasini yuritadi, intellektual faoliyat natijalaridan foydalanishning borishi va samaradorligini nazorat qiladi;

– ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar natijalarining ilmiy-texnikaviy, ilmiy-uslubiy va innovatsion salohiyatini baholash, tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish, eng muhim va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlashni tashkil etadi;

– intellektual mulk obyektlarini boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni, shu jumladan innovatsion siklning barcha bosqichlarida tadqiqot natijalariga bo‘lgan huquqlarni aniqlash, taqsimlash va topshirishni amalga oshiradi;

– TTA ilmiy-tadqiqot innovatsion guruhlariga raqobatbardosh ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni yaratish va rag‘batlantirishda, shu jumladan intellektual faoliyat natijalarini amaliyotda qo‘llash (tatbiq etish) uchun soha va iqtisodiy obyektlarni tashkil etish orqali ko‘mak beradi;

– texnologiyalar transferi, innovatsion loyihalar bo‘yicha biznes-rejalarni tayyorlash, raqobatdosh ustunlik va risklarni baholash, ilmiy tadqiqot natijalarini huquqiy himoya qilish, potentsial investorlarni izlash sohasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi;

– TTA tomonidan tuzilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar, kelishuvlar, qo‘shma faoliyat, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va intellektual mulk masalalariga oid boshqa shartnomalar bo‘limlarini tayyorlaydi va nazorat qiladi;

– TTA intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish faktlarini aniqlaydi va rahbariyatga ushbu huquqbuzarliklarga chek qo‘yish va yetkazilgan zararning o‘rinini qoplashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritadi, ushbu huquqbuzarliklarga chek qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;

– TTAning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarini, shuningdek, mualliflarining mulkiy va shaxsiy mulkiy huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.

– TTA xodimlariga–intellektual mulk obyektlari mualliflariga ularning mulkiy va shaxsiy mulkiy huquqlarini, shu jumladan amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlarni amalga oshirishda maslahat, huquqiy va axborot yordami ko‘rsatadi;

– TTA xodimlari o‘rtasida intellektual mulk sohasida malaka oshirishni tashkil etadi;

– TTA Axborot-resurs markazi faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha me’yoriy, uslubiy va patent axboroti bo‘yicha ishini muvofiqlashtiradi;

– ixtirochilik va patent-litsenziyalash faoliyati, innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va texnologiyalar transferi bo‘limlari bo‘yicha TTA byudjeti loyihasiga takliflar tayyorlaydi;

– intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, himoya qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi TTA hujjatlarini ishlab chiqadi;

4. Bo’lim rahbari ва xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

– TTAning barcha kafedralari va boshqa bo‘limlaridan tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish;

– Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofaza qilish va sotish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish, xodimlarni rag‘batlantirish, amaldagi qonunchilik va TTAning normativ hujjatlarini buzganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun xodimlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha TTA rahbariyatiga va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga takliflar kiritish;

– intellektual mulk sohasidagi muassasa va boshqarmalar rahbarlari va mansabdor shaxslardan intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishni talab qilish;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari yoki intellektual mulk sohasidagi shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda tegishli choralar ko‘rish zarurligi to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qilish;

  • TTATijoratlashtirish bo‘limi o‘z vakolatlari doirasida va rahbariyatning topshiriqlariga muvofiq TTA nomidan turli tashkilot va muassasalarda vakillik qiladi.
  1. Bo’lim rahbari ва xodimlari quyidagilarda majburdirlar:

– TTAning o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish va boshqaruv bo‘linmalari xodimlariga tijoratlashtirish bo‘limi vakolatlari doirasida va amalga oshirilgan funktsiyalarga muvofiq huquqiy maslahat va axborot yordamini taqdim etish.

  1. Tijoratlashtirish bo‘limi mablag‘larini shakllantirish manbalari

Tijoratlashtirish bo‘limi mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilarda iborat:

– innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olingan daromadlar;

– soha buyurtmachilari (farmatsevtika kompaniyalari, xususiy tadbirkorlar va boshqalar) bilan xo‘jalik shartnomalari asosida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-amaliy ishlardan olinadigan daromadlar;

– ilmiy-diagnostika laboratoriya xizmatlari, investitsiya va innovatsiya kelishuv shartnomalari, tibbiyot va farmatsevt kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, OTMlarga tayyorlov kurslari (repetitorlik)ni amalga oshirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmatlar ko‘rsatish shartnomalaridan olinadigan daromadlar;

– TTAning ish haqqi, stipendiyalar va boshqa joriy xarajatlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlari qoplangandan so‘ng, to‘lov-kontrakt mablag‘laridan kamida 5 foiz miqdorida ajratmalar;

– yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet elliklarning xayriya mablag‘lari;

– qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

 

7. Tijoratlashtirish bo‘limi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va boshqa pullik xizmatlardan shakllangan mablag‘lardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari:

– TTA tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini moliyalashtirish;

– ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni, soha buyurtmachilari bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari va boshqa pullik xizmatlarni bajarilishida ishtirok etgan xodimlarga, shuningdek haq evaziga xizmat ko‘rsatish uchun yollangan shaxslarga ish haqqi to‘lash;

– ilmiy laboratoriya uskuna-jihozlarini, sarf materiallar va boshqa qismlarni sotib olish;

– ilmiy tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilash, ilmiy tadqiqotchilarni moddiy rag‘batlantirish;

– TTA Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar, talabalar ilmiy tadqiqotlari natijalarini xorijiy jurnallarda chop etish xarajatlarini qoplash;

– innovatsion startaplarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni qoplash;

– innovatsion faoliyat bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga oshirish.

8. Tijoratlashtirish bo‘limi mablag‘laridan foydalanish tartibi

TTA Tijoratlashtirish bo‘limi mablag‘laridan foydalanish quyidagi yo‘nalishlar kesimida amalga oshiriladi:

– TTA Tijoratlashtirish bo‘limi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni tanlov asosida o‘tkazish natijalari;

– TTAning innovatsion faoliyati doirasida yaratilgan, mualliflik huquqi (patent), shu jumladan xorijda ham berilgan mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlari ro‘yxatini tasdiqlash;

– ilmiy xodimlar va talabalarni tanlov asosida saralash natijalari, ularning yetakchi ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlarida, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda qisqa muddatli (1 oygacha) ilmiy stajirovkadan o‘tishini tashkil etish;

– innovatsion loyihani, xo‘jalik shartnomalari va tibbiy xizmatlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot va tajribalar o‘tkazish;

– loyiha, shu jumladan innovatsion loyihani amalga oshirish uchun foydalaniladigan maxsus jihozlardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish;

– boshqa innovatsion, ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liq xarajatlar.

Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish sharti muayyan shartnomada belgilangan muddatlarda xarajatlarni to‘liq qoplab berilishi orqali amalga oshiriladi.

Innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari TTA Tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari va ijrochi xodimlarga ish haqqi to‘lash uchun quyidagicha yo‘naltiriladi:

– TTA tijoratlashtirish bo‘limi shtat jadvali bo‘limning oldiga qo‘yilgan vazifalar, faoliyat ko‘lami va boshqa talablardan kelib chiqib, yagona tarif setkasi yoki boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan bazaviy lavozim maoshlari asosida belgilanadigan ish haqqi miqdorlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.

– ish haqqi fondi bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning kalkulyatsiyasida keltirilgan miqdorlarda ma’muriy-boshqaruv xodimlar va ijrochi ilmiy xodimlarning zaruriy tarkibi, ularning joriy stavkalari va ishni bajarishda qatnashgan muddatlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Shuningdek, bajariladigan ish yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning o‘ziga xosligi va xususiyatiga qarab xarajatlar yo‘nalishi va miqdorlari o‘zgartirilishi mumkin.

-bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan mablag‘larning sarflanmay qolgan qismi TTA Tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari va ijrochi ilmiy xodimlarni rag‘batlantirish yoki moddiy yordam ko‘rsatishga ishlatilishi mumkin. Mazkur xarajatlar o‘rnatilgan tartibda Ilmiy kengash qarori, Akademiya ma’muriyati buyrug‘i asosida amalga oshirilishi lozim.

– xarajatlarni amalga oshirishda TTA manfaatlari, moliyaviy barqarorligi va raqobatbardosh xizmatlar ko‘rsatilishi ustuvorligi inobatga olinishi lozim.

Innovatsion loyihalar uchun asbob-uskunalar sotib olishni tashkil etish va zarur sarf materiallari va boshqa qismlar bilan ta’minlash TTA tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Innovatsion loyihalar uchun asbob-uskunalar, sarf materiallari va boshqa qismlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgarlik TTA Moliya va iqtisodiyot ishlari prorektori zimmasiga yuklanadi.

Jamg‘arma mablag‘larining joriy moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha qoldiqlari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tkaziladi.

  1. Mas’uliyat

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va TTA Tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i tarkibiy bo‘linma tomonidan o‘ziga yuklangan funksiyalar va ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy amaliy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarmaganligi, amaldagi qonun hujjatlari hamda TTA ustaviga muvofiq berilgan huquqlardan foydalanilmaganligi hamda TTAga tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqot va ilmiy amaliy ishlar natijalariga nisbatan maxfiylikka rioya qilmaganligi uchun javobgar bo‘ladi.

Tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari o‘z xizmat vazifalariga muvofiq ishining sifati va samaradorligi, xizmat vazifalarini bajarishi natijasida ularga ma’lum bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarning qonunga xilof ravishda oshkor etilishi uchun javobgar bo‘ladi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar
Ko‘rsatkich nomi 01.10.2023 yil xolatiga xaqiqatda tushumlar (mln sumda) 01.10.2023 yil xolatiga xaqiqatda xarajatlar (mln sumda)
1 Qo‘shimcha pullik ta’lim xizmati ko‘rsatish (OTM klinik ordinatorlarni yondosh fanlardan o‘qitish, tayyorlov kursi) 83,2 33,3
2 Xo‘jalik shartnomalari 1 279,0 511,6
3 Shifokor va farmatsevtlarni malaka oshirish kursi 913,4 485, 4
4 Noshirlik va bosmaxona xizmati 2,76 0
5 Laboratoriya xizmatlari 47,6 19,0
6 Xomiylik 0  
Jami: 2 326,0 1050,0