Sport va madaniyat bo‘limi boshlig‘i
Fayziyev Zafar Bobonazarovich
Abdullayev Muxamadjon Ashurovich
Sport va madaniyat bo‘limi uslubchisi
Saidov Sunnatilla Choriyevich
Sport va madaniyat bo‘limi uslubchisi
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom Sport va madaniyat bo‘limining (keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim) vazifalari, shuningdek Toshkent tibbiyot akademiyasida (keyingi o‘rinlarda – Akademiya) jismoniy tarbiya va sport, madaniyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning maqsadi, vazifalari va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.
- Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil
30-oktabrdagi PF-6099-son, “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son farmonlari, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori va boshqa sport va madaniyat sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2-bob. Sport va madaniyat bo‘limining vazifalari
- Sport bo‘yicha bo‘limning vazifalari:
jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish uchun dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
mavjud sport inshootlaridan samarali foydalanish va ularni rivojlantirish, yangi sport obyektlarini qurish va ularni asrab-avaylash;
milliy va xalqaro sport musobaqalari, chempionatlar, turnirlar va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish va ularni tashkil qilish;
sportchilarni tayyorlash va ularning professional darajasini oshirishga yordam berish, sport murabbiylari va mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish;
guruhlar, kurslar, fakultetlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib, iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirib Akademiya terma jamoasini shakllantirish;
sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi talaba-sportchilar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirib, sport razryadini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini qo‘llash;
oliy talim muassasalari reytingini aniqlab beradigan Nizomga asosan Akademiya reytingi darajasini oshirish;
moddiy-texnika bazasini qudratini yanada oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik orqali mavjud sport maydonlarini zamon talabiga javob beradigan sport maydonlari va Workout maydonlariga aylantirish, ixtisoslashtirilgan sport turini inobatga olgan holda (futbol, voleybol, stol-tennisi, badminton, yengil atletika) rekonstruksiya qilish, sport inshootlarni mustahkamlash va ularni yaroqli holatini saqlab turishda sport inshootlarini ijara shartnomasi orqali moliyaviy ta’minlash yo‘llarini izlash;
talabalar turar joylarida yashovchi talabalar bilan ertalabgi badan tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish va muntazamligini ta’minlash;
“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish;
“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan TTA professor, o‘qituvchilari o‘rtasida mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil qilish;
tibbiyot oliygohlari bilan kelishgan holda professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida mini futbol, voleybol, stol tennisi, stritbol, badminton bo‘yicha ana’naviy “Salomatlik spartakiadasi” musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish;
TTA professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “Yangi nafas” marafon yurish+yugurish aksiyalarini o‘tkazish;
ixtisoslashgan sport turlari bo‘yicha malakali murabbiy va mutaxassislarni ishga taklif qilish va ularga shartnoma asosida haq to‘lash taklifi bilan chiqish;
TTAda fakultet va yo‘nalishlar bo‘yicha sport jamoalarini tashkil etish va ular ishtirokida haftaning 2 kunini belgilagan holda futbol, voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka ligalari tashkil qilish;
futbol, voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka, stritbol bo‘yicha TTA “Rektor Kubogi” musobaqalarini tashkil qilish;
ixtisoslashgan sport turlari bo‘yicha (futbol, badminton, yengil atletika) targ‘ibot banner va plakatlarini TTJ, “Shifokor” sport majmuasi hududlarida tashkil qilish;
jahon va mamlakatimiz miqyosidagi taniqli sportchilar bilan talabalarga uchrashuvlar va masterklass tashkil etish;
futbol, voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka, armvrestling bo‘yicha TTA “TTJ Kubogi” musobaqalarini tashkil qilish;
“Navro‘z – umumxalq bayrami” munosabati bilan “Talabalik bahori” shiori ostida kurash, armwrestling, arqon tortish, quvnoq startlar, tosh ko‘tarish musobaqalarini tashkil qilish;
TTA professor-o‘qituvchilari va talabalari, akademik litsey, ko‘p tarmoqli klinika tibbiyot xodimlari o‘rtasida «Biz-sog‘lom yurt farzandlarimiz» shiori ostida sport oyligi va yakunida sport bayramini o‘tkazish;
TTA talaba-qizari o‘rtasida sheyping, badminton, voleybol, shaxmat, stol tennisi seksiyalari mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish va malakali trenerlar bilan ta’minlash;
TTA talabalari o‘rtasida futbol, badminton, voleybol, shaxmat, stol tennisi, yengil atletika seksiyalari mashg‘ulotlarini malakali trenerlar bilan ta’minlash;
o‘kazilayotgan barcha musobaqalarni jozibadorligini oshirish maqsadida musobaqalar bayramona ruhda, «shou» ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratish.
- Madaniyat bo‘yicha bo‘limning vazifalari:
konsertlar, ko‘rgazmalar, festivallar, teatr namoyishlari va boshqa madaniy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
Akademiyada milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, talabalarga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta’minlash;
talabalardan iborat ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarni shakllantirish;
milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
TTA xodimlari, shuningdek talabalar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazish;
TTAda madaniy-ma’rifiy faoliyatning samarali usullarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishga va targ‘ib qilishga ko‘maklashish;
yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni avloddan avlodga o‘tib kelayotgan umummilliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni saqlash va rivojlantirishga undash, millatchilik va ekstremistik g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetga ega bo‘lgan istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, barkamol, ma’naviy boy, mukammal avlodni shakllantirishda ko‘maklashish;
barcha o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarini web-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib borish.
- Bo‘lim qonunchilik hujjatlariga, TTAning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Sport va madaniyat bo‘limining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
- Bo‘limning huquqlari quyidagilardan iborat:
sport va madaniyat sohasida tadbirlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish;
sport musobaqalari, madaniy festivallar, ko‘rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
sport va madaniy tadbirlar uchun moliyaviy manbalarni jalb qilish, homiylik shartnomalarini tuzish ishlarida ishtirok etish;
ta’lim va sport markazlarini rivojlantirish uchun mablag‘lar ajratishiga
ko‘maklashish;
sport inshootlarning holatini monitoring qilish, ta’mirlash yoki qayta qurish zaruratini aniqlash;
sport klublari, madaniy to‘garaklarning faoliyatini tekshirish va ularning ish samaradorligini baholash;
konsertlar, ko‘rgazmalar, festivallar, teatr namoyishlari, va boshqa madaniy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
TTAda qabul qilinadigan qarorlar muhokamasida ishtirok etish, takliflar kiritish va tavsiyalar berish;
Bo‘lim qonunchilik hujjatlariga, TTAning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Bo‘lim:
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarishi;
TTA rektori buyruqlarini, TTA rahbariyatining ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida, sifati va to‘liq bajarishi;
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar, chora-tadbirlar rejasi, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etishi va bajarishi;
o‘ziga biriktirib berilgan mulklardan maqsadli foydalanishi shart.
Bo‘limga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
- Bo‘lim rahbari va xodimlari o‘z majburiyatlari va vazifalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
4-bob. Sport va madaniyat bo‘limi faoliyatini tashkil etish
- Bo‘lim 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 5 nafar uslubchi lavozimlaridan iborat bo‘ladi.
- Bo‘lim Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tavsiyasi asosida TTA rektori tomonidan tayinlangan boshliq tomonidan boshqariladi.
- Bo‘lim boshlig‘i nomzodi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tomonidan TTA rektoriga taqdim qilinadi va rektor tomonidan tayinlanadi hamda vazifasidan ozod etiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
- 12. Yoshlar va talabalar bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda innovatsion ta’lim-tarbiya tizimi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ya’ni ularning xalqaro hamkorlik shartnomalari asosida xorijiy tashkilotlari bilan axborot va tajriba almashish, soha xodimlarining malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshirilishi mumkin.
- TTA yoshlar va talabalar bilan ishlashni keng qamrovli tashkil etish uchun talabalarning ota-onalari, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat tijorat tashkilotlari bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.