TTA Yoshlar akademiyasi liderlari

Sayfiddin Hoji Qadriddin

Sayfiddin Hoji Qadriddin

TTA YOSHLAR AKADEMIYASI LIDERI

E-mail: dr.sayfiddinkhoji@gmail.com

Tel: +998(97) 412-64-12


O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda – Yoshlar akademiyasi)

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30- avgustdagi PQ-4433-son qarori bilan tashkil etildi

Yoshlar akademiyasining asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirishdan iborat.

Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;

ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

yosh olimlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ilg‘or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish;

ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish;

yoshlarning startap loyihalarini xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarni izchil rivojlantirish bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirish;

iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga ko‘maklashish;

xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o‘tkazish.

Yoshlar akademiyasiga o‘zlarining innovatsion loyihalari va g‘oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo‘lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Hozirgi paytda Yoshlar akademiyasiga 2400 nafardan ortiq yoshlar a’zolikka qabul qilingan. Yoshlar akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroriga asosan 4 ta bir-biriga bog‘liq platformalar ko‘rinishida tashkil etilgan. Bular:

«G‘oyalar generatorlari» — Yoshlar akademiyasining asosiy yo‘nalishlariga tegishli bo‘lgan ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion g‘oyaga ega jamoalar platformasi;

«Startaplar» — o‘z g‘oyasi va ushbu g‘oyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi;

«Biznes vakillari» — faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qo‘llagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lgan jamoalar platformasi;

«Bo‘lajak akademiklar» — yuqoridagi platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar platformasi.

 


Nishonova Yulduz Usmon qiziNishonova Yulduz Usmon qizi

TTA Yoshlar akademiyasining Magistratura yo’nalishi lideri

E-mail: @nishyulusm1998@gmail.com

Tel: +998(93) 557-05-68

 

 

Faoliyat va yutuqlari to‘g‘risida qisqacha:

1. 2021 yilda IT-Park va USAID tomonidan o’tkazilgan «Tumaris Tech ikkinchi to’lqini» tanlovida mualliflik “Yulduz Shifo” loyihasi bilan tanlov g’olibi

2. 2022-yilda “First congress of the association of bariatric and metabolic surgeons of Uzbekistan” konferensiyasida ingliz tilidan sinxron tarjimon sifatida ishtirokchisi

3. 2023-2024 o‘quv yili uchun “Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomidagi stipendiya” sohibasi

4. 2023-2024 o‘quv yillarida «Ixtirochi-innovator nominatsiyasi» sovrindori

5. 2023-yilda “Actual problems of neurology – from the point of view of a young neurologist” konferensiyasida 1-o’rin

6. “Techno Ways-2024” tanlovida “Insultda Yordam” loyihasi uchun 2-o’rin

7. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi

 


Gaibnazarov Sardorxon Sunnatillayevich Gaibnazarov Sardorxon Sunnatillayevich

TTA Yoshlar akademiyasining 1-son Davolash fakulteti lideri

E-mail: sardorxongs1@rambler.ru

Tel: +998(93) 517-11-77

 

 

Faoliyat va yutuqlari to‘g‘risida qisqacha:

1. 2023-2024 o‘quv yillari uchun Akademik Xamidov.J.X nomidagi stipendiya sovrindori

2. Yil talabasi-2023 Respublika tanlovining “Yilning o’z mutaxassisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi g‘olibi

3. 15 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar hamda 1 ta o‘quv qo’llanma muallifi

4. Buxoro davlat tibbiyot institutida  “Аbu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi -RENESANSGACHA” IV Xalqaro talabalar olimpiadasi-2024 da IKP fanidan 1-o’rin g‘olibi

5. «Avicenna izdoshlari-2023» xalqaro olimpiadasida Fiziologiya fanidan 2-o‘rin g‘olibi

 


 

Saparbaeva Jursinoy Sarsenbay qizi Saparbaeva Jursinoy Sarsenbay qizi

TTA Yoshlar akademiyasining 2-son Davolash fakulteti lideri

E-mail: saparbaevajursinoy@gmail.com

Tel: +998(33) 430-28-11

 

 

Faoliyati va yutuqlari to‘g‘risida qisqacha:

1. Xalqaro til serftifikati IELTS 6.5

2. «Followers of Avicenna» xalqaro olimpiadasida anatomiya fanidan 1-o‘rin

3. International  olympiad of medical students «SAMARKAND – 2020» xalqaro olimpiadasida 3-o‘rin

4. «Иркутский ГосМУ» xalqaro olimpiadasida lotin tilidan 1-o‘rin

5. 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi

 


Murodullayev Mironshox Nodirbek o'g'li Murodullayev Mironshox Nodirbek o’g’li

TTA Yoshlar akademiyasining Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti lideri

E-mail:mironshoxmurodullayev@gmail.com

Tel: +998(91) 414-59-25

 

Faoliyat va yutuqlari to‘g‘risida qisqacha:

1. 2023-yilda Polshaning Xalqaro «Adamed» stipendiyasi sohibi

2. «Aviccena izdoshlari-2023» Xalqaro olimpiadasida Matematika yo’nalishi bo‘yicha 3-o’rin

3. Xaqaro til sertifikat IELTS B2

4. Matematika fanidan Milliy serifikat sohibi

5. 20 ga yaqin xalqaro va mahalliy maqola va tezislar muallifi

6. Yosh olimlar ilmiy xalqaro konferensiyasi a’zo va spikeri

 


G‘oyibnazarova Kumush Sherali qizi G‘oyibnazarova Kumush Sherali qizi

TTA Yoshlar akademiyasining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi, kimyo fakulteti lideri

E-mail: kumushgoyibnazarova05@gmail.com

Tel: +998(91) 594-43-03

 

Faoliyat va yutuqlari to‘g‘risida qisqacha:

1. 2021-yil «Keling Vatanimizga qanot bo‘laylik» ko’rik tanlovi she’riyat yo‘nalishi 1-o‘rin

2. 2022-yil «Zulfiya nomidagi maxsus stipendiya»

3. 2022-yil «Tashabbuskor islohotchi» ko‘krak nishoni

4. 2022-yil «I.Book.uz» stipendiyasi

5. 2022-yil «Talabalik bahori» Eng yaxshi sheʼr muallifi 1-o‘rin

6. 2023-yil «Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi» ko‘krak nishoni

7. 2023-2024 o‘quv yillari uchun «Eng yaxshi ijodkor» nominatsiyasi sovrindori

8. 2023-2024 o‘quv yillari uchun Akademik Daminov.T.O nomidagi stipendiya sohibasi

9. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi

 


Alisherov Hamidullo Fayzullo o‘g‘li Alisherov Hamidullo Fayzullo o‘g‘li

TTA Yoshlar akademiyasining Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti lideri

E-mail: hamidulloalisherov7@gmail.com

Tel: +998(99) 225-00-30

 

Faoliyati va yutuqlari to‘g‘risida qisqacha:

1. “Samarqand-2023” O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining

2-forumi faol ishtirokchisi 2. MDH miqyosidagi “Ta‘lim iftixori” nomli ko‘krak nishoni sovrindori

3. “Talabalik Bahori-2023” festivalida “Eng yaxshi folklor jamoasi” faxrli 2-o‘rin

4. “Talabalar teatrstudiyalari” tanlovida “Eng yaxshi jamoaviy teatr studiyasi ” nominatsiyasi

5. 10 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi