Yashasin O‘zbekiston davlati! Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Yashasin O‘zbekiston davlati! Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevori, yuraklarimizda porlab turgan ezgulik mash’alidir. Bu qutlug‘ sana ota-bobolarimizning asriy orzusi, fidokorona mehnati va Read more

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlik

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari talabalar Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar va klinik ordinatorlar pediatriya universitetida o‘qishni davom ettirish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga muvaffaqiyatli yetib bordilar. Talabalar Sankt-Peterburg shahriga Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-Pediatriya ishi Read more

Xayriya bayrami — mehr va ezgulikka bagʻishlandi

Xayriya bayrami — mehr va ezgulikka bagʻishlandi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti faol talabalari — tibbiy volontyorlari guruhi tashabbusi bilan “Delay dobro” volontyorlik harakati bilan hamkorlikda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida xayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida markazda davolanayotgan bolajonlarga quvonch ulashilib, barcha ishtirokchilarga iliq Read more

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga berilgan yangi litsenziyalar bo‘yicha rasmiy bayonot

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga berilgan yangi litsenziyalar bo‘yicha rasmiy bayonot

2025-yil 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha  https://license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan arizalar bo‘yicha ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlariga tizim tomonidan belgilangan talab buzilgan holda ijobiy xulosalar Read more

Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Akademik litseyi majlislar zalida universitet Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari“ to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, yangi o‘quv yilida kafedra va professor-o‘qituvchilar oldida turgan ustuvor vazifalar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida belgilangan yo‘nalishlar Read more