*Izoh: yil davomida kafedralar professor-o’qituvchilar tarkibi va moddiy texnik bazasidan kelib chiqqan holda o’zgarishi mumkin.
Darsliklar (xorijiy adabiyotlar)
Kredit-modul tizimida Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz bahol olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
1) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
2) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
3) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
4) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun) va b.