Ustoz-shogirt maktabi

Ustoz va shogirt maktabida Iqtidorli talabalar bilan ishlash.

 

Talabalarni ilm bilan shug‘ullanishi mustaqil mamlakatimizning rivojlanishida va ilm salohiyatini mukammal egallashda asosiy omillardan hisoblanadi. Akademiyada iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyati Uzbekiston Respublikasi OO‘MTV ning Oliy o‘quv yurtlarida iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish choralari xaqidagi buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi  Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ -3151-sonli, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ 2909 – sonli, 2017 yil 5 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy taʼlim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2956-sonli Qarorlarining ijrosini taʼminlash borasida  TTA, iqtiddorli talabalar va to‘garaklar  bo‘limida ham  bir qator  ishlar  amalga  oshirilmoqda. Ushbu ishlarni bajarish uchun SSVning 2017 yil 11 avgustda chiqarilgan 449-sonli va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyruqlari bilan tanishib, buyruqlar mazmuni va mohiyati to‘g‘risida hamda  ularning ijrosini taʼminlash, shuningdek, tegishli chora-tadbirlarni bajarish atroflicha  muhokama etildi va jamoa oldida turgan aniq vazifalar belgilandi. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining  2016 yil  14 sentyabrda  qabul  qilingan  « Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonunig ijrosini taʼminlash yuzasidan,iqtidorli talabalarni maʼlum maqsadga yo‘naltirilgan dastur asosida o‘qitish va mexnatsevar, vatanparvar intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash hozirgi kun taʼlim yo‘nalishining dolzarb muammosi bo‘lib hisoblanadi.

Hisobot yilida reja asosida olib borilgan tadbirlarning asosiy maqsadi iqtidorli va isʼtedodli talabalarni ilm bilan shug‘ullanishi mustaqil mamlakatimizning rivojlanishida va ilm salohiyatini mukammal egallashdan iboratdir.

Bu borada  Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalar ilmiy faoltiyatini tadbiq etish bo‘limida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yyobga chiqarishning keyingi bosqichi talablaridan kelib chiqqan holda bakalavriatning 4-7 bosqichlarida akademiya kafedralari o‘qituvchilari tomonidan iqtidorli talabalarni tanlash va ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishga eʼtibor kuchaytirilgan. Eng isteʼdodli izlanuvchan va tashabbuskor yoshlar  ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan. Kelgusida yetuk ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun zahira ana shu yo‘l bilan yaratilmoqda. Akademiyadagi fan doktorlari va fan nomzodlari ularga ilmiy rahbarlik qilishmoqda. Talabalik davrida olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari keyinchalik magistrlik  dissertatsiyalari mavzulari sifatida davom ettirilmoqda.

2018  yil  11-12  aprel  kunlari  “Tibbiyotning  dolzarb  masalalari”  ga  bag‘ishlangan anʼanaviy  yosh  olimlar  ilmiy-amaliy  konferensiyasi  –  “Tibbiyotda innovatsiyalar:  yosh  olimlar  nazari”  va  “Talabalar  ilmiy  jamiyati” konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Konferensiya Toshkent shaxridagi Xalqaro biznes markazi  Navoi va Qo‘qon  maʼruzalar zalida  11 aprel 2018 yilda  8 00 – 16 00 da bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori professor L.N.Tuychiyev., ilmiy ishlar prorektori F.L.Azizova., o‘quv ishlari prorektori  Sh.A.Boymuradov  va rektorat xodimlari., fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Kirish so‘zi Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori  professor L.N.Tuychiyevga berildi. Professor L.N.Tuychiyev konferensiyani ochib berdilar va barcha maʼruzachilarga omad tiladilar. Konferensiyada: Ummumiy maʼruzalar, xirurgiya va terapiya tarmovlarida va poster maʼruzalar bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli magistr va talabalarimiz ingliz, russ va o‘zbek tillarida chiqishlar qilishdi. Ularning maʼruzalari tinglovchilar tomonidan zo‘r qiziqish bilan tinglandi. Qiziqarli savol-javoblar va baxs-munozaralar bo‘ldi o‘tdi. Hakamlar xayati tomonidan maʼruzachilar baxolanib borildi Xakamlar xayatining fikr- muloxazalari tinglandi.

1.Ummumiy maʼruzalar;

Umumiy maʼruzalarda  13 ta iqtidorli talabalar chiqishlar qilishdi. Xakamlar xayati tomonidan quyidagicha baholandi:

1-o‘rin: Muxammad Din A. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Boboyev K.T.

2-o‘rin: Abduqadirov D.Samarqand davlat tibbiyot instituti. Ilmiy raxbari Melkumyan T.V

3-o‘rin: Abdullayev B. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Irisqulov B.O‘.

2.Terapiya tarmog‘i:

Terapiya tarmog‘ida 9 ta iqtidorli talabalar chiqishlar qilishdi. Xakamlar xayati tomonidan quyidagicha baholandi:

1-o‘rin: Nosirjonov M. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Mirzayeva K.S.

2-o‘rin: Nkrmatov B. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Axmadaliyeva N.O.

3-o‘rin: Norqulov M. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Maqsudova  M.X

3.Xirurgiya tarmog‘i:

Xirurgiya tarmog‘ida 8 ta iqtidorli talabalar chiqishlar qilishdi. Xakamlar xayati tomonidan quyidagicha baholandi:

1-o‘rin: Norqulov N. Samarqand davlat  tibbiyot  instituti. Ilmiy raxbari Pardayev S.N.

2-o‘rin: Zokirov A. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Zokirov K.R

3-o‘rin: Ro‘ziyeva S. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Mirzayeva D.B

4.Poster maʼruzalar:

Poster maʼruzalarda 17 ta iqtidorli talabalar  chiqishlar qilishdi. Xakamlar xayati tomonidan quyidagicha baholandi:

1-o‘rin:Azizova D., Salimov M. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Sobirova R.A

2-o‘rin: Xodjimetov D. Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Alixodjayeva G.A.

3-o‘rin: Uzakov A, Sultonov D.Toshkent tibbiyot akademiyasi. Ilmiy raxbari Shayxova X.E., Xasanov U.S

Konferensiyada o‘rin olgan va qatnashgan iqtidorli talabalarni Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori professor L.N.Tuychiyev  samimiy tabriklab diplom va sertifikatlar, qimmatbaxo sovg‘alar topshirildi.

Yosh olimlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan konfenensiya Toshkent tibbiyot akademiyasida 36 ta mutaxassislik kafedralar tarmoqlari bo‘yicha 12 aprelda bo‘lib o‘tdi. Barcha tarmoqlarda qatnashuvchi talabalar uchun birinchi, ikkinchi va uchunchi o‘rinlar ajratildi. Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalar bo‘limining maxsus xodimlari  barcha tarmoqlada bo‘lib o‘tayotgan konferensiyalarni kuzatib bordilar va barcha tarmoqlarda tadbirlarning aʼlo darajada o‘tayotganligining guvoxi bo‘ldilar. Konferensiyalarda barcha ishtirok etgan iqtidorli talabalarni taqdirlash uchun  sertifikatlar va sovg‘alar berildi. Ushbu konferensiyada qatnashgan barcha tinglovchilar juda ko‘plab soxaga oid yangiliklarni oldilar. Shunga o‘xshagan tadbirlar tashkillashtirish talaba-yoshlarimizni kelajakda  vatanimizga va o‘z soxasiga yaxshi mutaxassis bo‘lib xizmat qila olishida katta axamiyatga ega.Barcha maʼlumotlar  dasturda  ilova qilib berigan.

Talabalar orasida ilmiy izlanishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va uning  samaradorligini oshirish maqsadida fakultetlar tassarrufida ilmiy markazlar va  to‘garaklar tashkil etilgan va ularga eng malakali professor-o‘qituvchilar jalb qilingan.

TTAda iqtidorli talalar ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilagan to‘garaklar faoliyati. Toshkent tibbiyot akademiyasida 2018-2019 yillarda fan,badiy-xavaskorlik va sport to‘garaklari    tashkil qilingan.

Toshkent tibbiyot akademiyasida   4 ta fakultet bo‘lib:

1.Davolash fakultetida jami 14 ta kafedra bo‘lib,  fan to‘garaklar soni  18 tadan iborat, 221 talaba bilan ish olib borilmoqda. Davolash fakultetida iqtidorli talabalar bilan ishlashga maʼsul t.f.d., Rasulova D.K.

2.Tibbiy-profilaktika fakultetida jami 12ta kafedra bo‘lib, fan to‘garaklar soni 19 tadan iborat  76ta iqtidorli talaba faoliyat olib boramoqda.Tibbiy-profilaktika fakulteti iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maʼsul: N.T.Yodgorova.

3.Tibbiy-pedagogika fakultetida jami 13 ta kafedra bo‘lib, fan to‘garaklar soni 12 tadan iborat bo‘lib  92 ta iqtidorli talaba faolit olib boramoqda. Tibbiy-profilaktika iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maʼsul: O.N Vitsagorseva

4.OMX fakultetida jami 5 ta kafedra bo‘lib to‘garaklar soni 7tadan iborat 82ta iqtidorli talabalar bilan faolyat olib boradi. OMX iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maʼsul: katta o‘qituvchisi Jo‘rayeva N.K

Jami: TTA da 56 ta  ilmiy fan to‘garaklar bilan faoliyat olib borildi.. Bu to‘garaklarga 447 iqtidorli talabalar aʼzo bo‘lgan.

TTAda tashkil qilingan badiiy-xavaskorlik to‘garaklari 15tadan iborat bo‘lib 270 talaba bilan faoliya olib boriladi. Badiiy-xavaskolik to‘garaklarida  milliy ashula va raqs, teatr, tikuvchilik va bichuvchilik va boshqa yo‘nalishlar mavjud  bo‘lib to‘garakning badiiy raxbari M.A.Abdullayev talabalar bilan xaftada 2 kun faoliyat olib boradilar.
TTAda tashkil qilingan 10 ta sport to‘garaklari mavjud bo‘lib, sporning futbol, volebol, basketbol, shaxmat, kurash, bodibilding, dzyu-do va boshqa turlari bilan 204 ta talaba bilan to‘garak raxbar, murabbiy  spori ustasi SH.F. Yermatov xaftaning deyarli xar kuni darsdan keyin ish olib boradilar.

Undan tashqar Toshkent shaxrida  bir qancha o‘quv markazlari bo‘lib M: Step by step, Royal education, Profi education, Only education, Language art, Cambridge education  kabi o‘quv markazlarida b00  ga yakin iqtidorli talabalarimiz ingliz kursalriga  aʼzo bo‘lib ingliz  tilini qiziqish bilan o‘rganmoqda.

Iqtidorli talabalarning kasbiy yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va qiziqishlari eʼtiborga olinib qo‘shimcha ravishda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlariga yo‘naltirilmoqda, kafedralar qoshidagi fan to‘garaklar mavjud bo‘lib, bunda talablar semenar va treyninglarda ishtirok etmoqdalar.  Bunga TTA, epidemiologiya kafedrasida to‘garaklar va iqtidorli talabalar bilan olib borilgan ish faolitni misol qilib  olishimiz mumkin. Kafedra iqtidorli talabalar bilan bir qancha  ilmiy seminarlar,  respublika  miqiyosida tezis va maqolalar chop etilgan, to‘garaklar dasturi va nizominga asosan talablarning darsdan bo‘sh vaqtlarida professor-o‘qituvchilar bilan grafik asosida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Talaba-yoshlarning ilmiy konferensiyalarini tashkil qilish va o‘tkazish, akademiyada doimiy anʼanaga aylangan. Iqtidorli talabalarni ilmiy imkoniyatlari har yilgi o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida ham o‘z aksini topadi: O‘zbekiston  Respublikasi  oliy  va o‘rta  taʼlim  vazirligi  O‘zbekistan  Respublikasi  oliy  va  o‘rta  maxsus  taʼlim  vazirining  2018  yil  7 apreldagi  301-sonli  “Oliy  taʼlim  muassasalari  talabalari  respublika  fan olimpiadasini  tashkil etish va  o‘tkazish  to‘g‘risidagi”  gi buyrug‘iga asosan, Toshkent tibbiyot akademiyasidaning  Xirurgiya, Normal fiziologiya, Patalogik fiziologiya, Pediatiriya, Mikrobiologiya va Terapiya va Akusherlik va ginekologiya   fanlari bo‘yicha iqtidorli talabalar o‘rtasida   Respublika  fan olimpiadasi o‘tkazildi.

3-ta birinchi o‘rin: jarroxlik, terapiya, farmakologiya yo‘nalishi bo‘yicha, 3-ta ikkinchi o‘rin: normal fiziologiya, patologik fiziologiya va akusherlik-ginekologiya yo‘nalishi bo‘yicha
1-ta uchunchi o‘rin: nerologiya yo‘nalish bo‘yicha 1ta talabamiz mikrobiologiya yo‘nalishi bo‘yicha faol ishtirok etib keldilar. Nizomning 43-bandiga asoslanib  olimpiada g‘oliblari pul mukoqofti va diplomlar bilan  taqdirlandi.

Respublika fan olimpiadasi 2-bosqichi yakunlariga ko‘ra TTA talabalari;

2017-2018 yil Talabalar respublika  fan olimpiadasining ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra olimpiada g‘oliblari tarkibi;

 1.Terapiya fani bo‘yicha 1-o‘rin. Porsoxonova Xozirda Radiologiya yщnalishi magistratura talabalsi

2.Jarroxlik fani bo‘yicha 1-o‘rin. Saatova Umida Mirjalolovna. Xozirda Xirurgiya yo‘nalishi magistratura talabasi

3.Farmakalogiya  fani bo‘yicha 1-o‘rin. Payziyeva Dilrux Sunnatillo qizi. Davolash fakulteti 4-kurs  401-gurux talabasi.

4.Normal fiziologiya fani bo‘yicha 2-o‘rin.   Asilov Saidburxon Saidmurod o‘g‘li. Davolash fakulteti 3-kurs 301-gurux talabasi.

5.Pediatriya fani bo‘yicha 2-o‘rin. Nuriddinov Xusniddin Zafariddin o‘g‘li. Xozirda  Urologiya yo‘nalishi magistratura talabasi

6.Patologik fiziologiya  fani bo‘yicha  2-o‘rin. Ismoilov Ulug‘bek Ilxomjon o‘g‘li. Davolash fakulteti 4-kurs  402-gurux talabasi.

Nevrologiya fani bo‘yicha 3-o‘rin. Abduraxmonova Qutlibika Baxtiyor qizi. Davolash fakulteti 6- kurs 611-guruh talabasi. Xozirda magistratura talabasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari hamda Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov  nomli Davlat stipendiyalariga nomzodlarni  saralash jarayonining 1-bosqichi Oliy va o‘rta maxsus  taʼlim  vazirligining 2018 yil 14 iyundagi № 87-02-1424 – sonli xatiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi “O‘zbekiston  iqtidorli  yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi 226-son qarori bilan  tasdiqlangan “Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida NIZOM” va “Nomli davlat stipendiyalari va ularni tartibi to‘g‘risidagi NIZOM”larga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim  hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek boshqalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb  hisoblash to‘g‘risida“ gi  PF 5069-sonli Farmonini inobatga olgan xolda, 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Davlat stipendiyalari hamda Ibn Sino, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalariga o‘tkaziladigan tanlovning  birinchi bosqichini  tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlarga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi 2018 yil 20 iyundagi 366-sonli  “Davlat stipendiyalariga o‘tkaziladigan tanlovning birinchi boskichini tashkil qilish va o‘tkazish” to‘grisida ichki buyrug‘i  asosida va stipendiya tanlovini saralash boqichini o‘tkazildi va TTA 2018 yil 28 iyuldagi 12-sonli kengash qarori asosida saralash boqichidan o‘tgan talabalar xakida maʼlumotlarni  yig‘ildi va O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va o‘rta maxsus  taʼlim  vazirligiga topshirildi..

2018 yil 5 oktabr kuni muxtasham Turkiston saroyida Toshkent tibbiyot akademiyasining Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” va “ O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  TMA barcha professor –o‘qituvchilari, 1-kurs talabalari va iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Tadbirda  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor T.A.Bobomurodovning sayi harakatlari bilan  akademiyaning barcha fakultetlari  va magistaturada taqsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘zlari erishgan yutuqlari bilan ishtirok etdilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasining 2018 yil 17 oktabrda 196-sonli O‘zbekiston  Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan  “Yil talabasi” tanlovi to‘g‘risida NIZOmga asosan “Yil talabasi” tanlovi o‘tkazildi. Tashkil etilgan ishchi gurux tomonidan xar bir nominatsiya bo‘yicha taqdim etilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalari,  jamoatchilik ishlari  va erishgan yutuqlari aks etgan xujjatlari, talabalarning ilmiy va ijodiy ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida taxlil etildi. Undan tashqari tanlov ishtirokchilarining  darslarga ishtiroki, faollik darajasi, yetakchilik qobiliyati  baxolandi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi.

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi: bunda talabaning oliy o‘quv yurtiga kirgandan boshlab fanlarni o‘zlashtirish va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqildi  va kuyidagi talabalar tavsiya etildi. 1-o‘rin: Jalilova Zarifa Shuxrat qizi. Davolash fakulteti 6- kurs  601-gurux talabasi. 2-o‘rin: Almatova Umida Aliboy qizi. Tibbiy-pedagogika fakulteti 2-kurs 202-gurux talabasi. 3-o‘rin: Ismoilov Ulug‘bek Ilhomjon o‘g‘li. Davolash fakulteti 4-kurs  401-gurux talabasi.

“Yilning eng tashabbuskor talabasi” nominatsiyasi: bunda talabaning oliy taʼlim muassasasi, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlaridagi jamoatchilik ishtiroki, faollik darajasi, namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqildi va kuyidagi talabalar tavsiya etildi.1-o‘rin: Ro‘ziyeva Sadoqat hamdam qizi. Davolash fakulteti 5-kurs  504-gurux  talabasi. 2-o‘rin:. Sharobidinov Biloliddin Baxtiyor o‘g‘li. Davolash fakulteti 6-kurs  607-gurux  talabasi. 3-o‘rin: Alimov Sobir.Tibbiy-profilaktika fakulteti 4-kurs 402 gurux talabasi.

Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasi:  bunda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqildi va quyidagi talabalar tavsiya etildi.1-o‘rin: Oxunova Diyora Alisher qizi. Davolash fakulteti 6- kurs  601-gurux talabasi. 2-o‘rin: Ro‘ziboyeva Aziza Rustam qizi. Tibbiy-pedagogika fakulteti 2-kurs 201-gurux talabasi 3-o‘rin: Qurbonova  Nodira  Axmadjon qizi. Oliy maʼlumotli xamshira fakulteti 3-kurs 304-gurux talabasi.

“Yilning sportchi talabasi”nominatsiyasi: bunda talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqildi va quyidagi talabalar tavsiya etildi. 1-o‘rin: Samadov Aslbek. Davolash fakulteti 6- kurs  604-gurux talabasi. 2-o‘rin: Boyqobilov Lochinbek. Tibbiy-profilaktika fakulteti 5-kurs 502- gurux talabasi. 3-o‘rin: Asrorxo‘jayeva Iroda Rustamxo‘ja qizi. Tibbiy-pedagogika fakulteti 3-kurs 302-gurux talabasi.

“Yilning ijodkor talabasi”nominatsiyasi: bunda talabaning sanʼat, adabiyot, madaniyat va boshqa sohadagi ijodiy ishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqildi va quyidagi talabalar tavsiya etildi. 1-o‘rin: Jo‘rayev Shaxzod Xoshimovich. Tibbiy profilaktika fakulteti 4-401-kurs talabasi. 2-o‘rin: Fayziyeva Feruza Toirjon  qizi. Tibbiy pedagogika fakulteti 2-kurs 202 –bosqich talabasi. 3-o‘rin:Xikmatullayev Doston Akbar o‘g‘li. Tibbiy-profilaktika fakulteti 3-kurs 302- gurux talabasi.

Tanlovning yakuniy bosqichida birinchi o‘rin  sovrindorlarini tanlovning respublika bosqichida qatnashtish uchun tavsiya etildi. Nominatsiya bo‘yicha 1,2,3-o‘rinlarni egallagan  g‘oliblar Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.

Shunday qilib iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini hisobga olib keyingi iqtidorli talabalar monitoringini kuchaytirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilishi, iqtidorli talabalar kontingenti izchiligini oshirish uchun yagona bazani shakllantirish, iqtidorli talablarni turli xil xalqaro grant loyixalarida ishtirok etishlari va malaka oshirish va innovatsiyaga yo‘naltirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish lozim.

Translate: Eng Рус