ITITFTEB_E’lonlari

2024-yil birinchi yarim yilligidagi iqtidorli talabalarni yutuqlarini rag’batlantirish

 

Akademiya rahbariyati tomonidan Iqtidorli talabalarni yanada qo’llab-quvatlash maqsadida, 2024-yil birinchi yarim yillik yakuni bo’yicha Respublika va Xalqaro (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi 16-buyrug’i hamda 2024-yil 20-martdagi 76-buyrug’iga kiritilgan) ilmiy yutuqlar – fan olimpiadalari, konferensiyalar, tanlovlardagi sovrinli o’rinlar (nominatsiyalar va nodavlat tashkilotlari tanlovlari bundan mustasno)❗️ bo’yicha tasdiqlovchi asoslarni taqdim etishingizni so’raymiz.

✅ Hujjatlar 2024-yil 7-iyunda «ITITFTEB»da (2-o‘quv bino, 2-qavat) 9:00 dan 15:00 gacha qabul qilinadi.

☝️Bunda har bir talaba 1,2,3-o’rinli diplomning asli, rangli qog’oz nusxasini (diplom muqovasi ortiga Ilmiy rahbar F.I.SH. va imzosi bilan) hamda sifatli elektron pdf shaklini hamda tegishli tasdiqlovchi hujjatlari (dastur, fani va yo’nalishi, registratsiya tastig’i, taqdirlash marosimidan foto), pasport nusxasi bilan birga taqdim etishi shart!

Murojaat uchun:
https://t.me/ttaiqtidorli

____________________________________________________________________________________________________________________________________

 

⚡️Bitiruvchi kurs Iqtidorli talabalar diqqatiga!

TTA da butun o’qishi davomida sinov daftarchasidagi barcha baholari a’lo bo‘lgan (bakalavriat, magistratura uchun – Prezident davlat stipendiyasi) hamda a’lo baholarning soni 75% dan yuqori bo’lgan (bakalavriat uchun – Davlat nomli stipendiyalar) va ilmiy, ijodiy ishlarda faol bo’lgan, 2024-2025 oʻquv yilida bakalavriat (5 -6 kurslar-davolash ishi, tibbiy pedagogika; 4-5 kurslar tibbiy profilaktika; 3-4 kurslar Menejment..fakultetlari uchun) va magistratura (3-kurs) talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va Nomli davlat tanlovlariga hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Shu munosabat bilan 2024/2025 o’quv yilida davlat stipendiyasiga sazovor bo’lishni istagan talabalarimizni «Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi»ga murojaat qilishingizni soʼraymiz.
@TTA_Iqtidorli

Hujjatlar ketma ketligi va qo’shimcha ma’lumotlarni tegishli havolalardan olishingiz mumkin!!!
Batafsil

Hujjatlar: Maxsus havola (Ro’yxatdan o’tish) orqali to’ldiriladi! :

✅ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi;
✅ Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi;
✅ Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi.

Muddat: 01.07.2024 sanasiga qadar qabul qilinadi.

@ttaiqtidorli- Toshkent tibbiyot akademiyasi