Talabalar turar joylari

Apisov Axmad Dilmuradovich

Apisov Axmad Dilmuradovich

TTJ direksiyasi direktori

Tel: +998712148418. +998998640443


Toshkent tibbiyot akademiyasi TTJ lari jami 3300 o‘ringa mo‘ljallangan 7 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda 2784 nafar talaba yashaydi. Talabalar turar joyi TTA maʼmuriyati, TTJ direksiyasi tomonidan “ Talabalar turar joyi” Nizomi, TK rejasi asosida boshqariladi.

 Talabalar turar joyi hududiga kirish qismida turar joylar hududiga begona shaxslarni kirishini oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida turniket o‘rnatilgan. Talabalarni TTJ hududiga turniket orqali kirib chiqishi harbiylashtirilgan qo’riqlash xizmati xodimlari nazoratga olingan. Talabalar turar joylariga tuman IIB tomonidan alohida hudud nozirlari ajratilgan. Talabalar turar joylarida talabalarning yashashi, bilim olishi, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Har bir turar joyda dam olish xonasi (zamonaviy televizor, yumshoq mebellar bilan jihozlangan), maʼnaviyat xonasi, oshxona, kompyuter xonasi (internet materiallaridan foydalanishi uchun), kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Barcha talabalar turar joyi binosi va hududida Wi-Fi zonalari tashkil etilgan. Bundan tashqari TTJlarda rassomchilik, tikuvchilik, saʼnat, kompyuter savodxonligi, chet tili to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. TTJ direksiyasi hududida talabalar uchun sport zali (trenajer zali), suniy qoplamali mini futbol maydoni, voleybol, basketbol maydonlari faoliyat yuritmoqda. Talabalar turar joylarida talabalarga psixo;og, fakultet dekani, muovinlari, professor-o‘qituvchilari va tyutorlar maʼsul etib belgilangan. Bundan tashqari talabalar bilan ishlash uchun har bir turar joyda tarbiyachi – murabbiylar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Turar joylarda tungi vaqtlarda Akademiya professor-o‘qituvchilaridan iborat navbatchilik tashkil etilgan. Turar joylarda talabalarning xohish istaklarini inobatga olgan holda maʼnaviy – maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, bayram dasturlari tashkil etiladi.

Talabalar turar joylari xayotidan


TTJ yo‘riqnomasi

TTJ nizomi 

Translate: Eng Рус