Ekomed klubi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekomed klubi vakillari xalqaro darajadagi ekologik tadbirda ishtirok etishdi.

Joriy yilning 2-iyun kuni Toshkent shahrida Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN)ning Markaziy Osiyodagi rasmiy ofisi ochildi. Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari – 1.Toxliboyev Bobur Xalimjon o‘g‘li 2.Xayrullaeva E’zozaxon Xamidullo qizi 3.Fazliddinov Javoxir Jamoliddin o‘g‘li – Ekomed Read more

Rektor talabalar yotoqxonasidagi sharoitlar bilan tanishdiRektor talabalar yotoqxonasidagi sharoitlar bilan tanishdi

Rektor talabalar yotoqxonasidagi sharoitlar bilan tanishdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuhrat Boymuradov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududidagi talabalar turar joylariga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi hamda yoshlarning kayfiyati va muammolari bilan bevosita tanishishdan iborat Read more

BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ

31-MAY – SOG‘LOM TURMUSH TARZI KUNI

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va yoshlar orasida sport madaniyatini rivojlantirish maqsadida ikki muhim tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazildi: “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali “Biz tamaki chekishga qarshimiz!” shiori ostidagi yugurish marafoni “Shifokor” sport majmuasida o‘tgan Read more

Hamrayev Shahob Shamsiyevich

Ustozim professor Hamrayev Shahob Shamsiyevich bilan tanishuvim kelajakdagi faoliyatimning muhim nuqtasi edi…

1981 yil sentyabr oyi hayotimda unutilmas bir burilish nuqtasi bo‘lgan edi. Shifokorlik faoliyatimni yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shifokorlarni malaka oshirish instituti (hozirgi TashIUV) qoshidagi O‘zNIITO institutiga yo‘l oldim. U yerda 4 oylik travmatologiya va ortopediya kurslarini o‘ta boshladim. O‘sha davrda Read more

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida joylashgan Akademik litsey

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuhrat Boymuradov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida joylashgan Akademik litsey faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida litseyning respublika va xalqaro miqyosida erishilgan yutuqlari, xodimlarning amalga oshirgan ishlari bilan tanishildi. Mazkur tashrif doirasida rektor ta’lim sifatini yanada oshirish, oliy tibbiy ta’lim muassasalari bilan integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif yakunida Shuhrat Boymuradov litseyda yaratilgan sharoitlar Read more

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan PQ–149-sonli Qarori

Prezident Qarori (PQ-149, 2025-yil 22-aprel)da keltirilgan vafizalar ijrosi bo’yicha kafedralar bilan uchrashuv

Tibbiy ta’limda yangi bosqich: ToshDavTibUniverda Prezident Qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan PQ–149-sonli Qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet kafedralari professor-o‘qituvchilari Read more

I2-PLEDGE

Italiyada I2-PLEDGE loyihasining navbatdagi uchrashuvi va malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda

2025 yil 27–29 may kunlari Italiya Respublikasining Laquila shahrida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan “I2-PLEDGE: O‘zbekistonda biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha innovatsion va fanlararo dasturlar ishlab chiqish va foydalanish” loyihasi bo‘yicha navbatdagi xalqaro uchrashuv va malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Read more

Attestatsiya jarayonidan

Attestatsiya jarayonidan

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Biotibbiyot muhandisligi yo’nalishi va Oliy ma’lumotli hamshiralik ishi yo’nalishi bitiruvchi talabalariga YAKUNIY FAKULTET ATTESTATSIYASI o’tkazilmoqda. Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti dekani S.U.Aliyev hamda mas’ullari tomonidan fakultet attestatsiyasi o’tkazilib, talabalarning o’quv yakunlari, imtihon Read more