TTA talabalari jahon chempioni Rustam Qosimjonov bilan dona surdilar

Sportning shaхmat turi bo‘yicha jahon chempionini ulg‘aytirgan tuprog‘imizda dunyo tan olgan juda ko‘p grossmeysterlar kamolga yetayotgani mamlakatimizda shaxmatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasidir.
Bugun O‘zbekiston farzandlari shaxmat bo‘yicha o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etmoqdа. Shaxmat — intellektual o‘yin, shaxmatda erishilgan daraja xalqning intellektual qudratini ko‘rsatib beradi.
Bunday intellektual o‘yinning Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilganligi akademiya talabalarining yuksak salohiyati, umuman tibbiyotning shaxmat bilan bog‘liq jihatlari borligini anglatadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni 2 yo‘nalishini amalda qo‘llash, talaba-yoshlariмизning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida 2021 yilning 11- noyabr kuni shaxmat bo‘yicha “TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI REKTORI KUBOGI”ga start berilgan edi . Shaxmat o‘yinlarida ishtirok etish uchun oliygohimizning 64 nafar talabalari saralab olindi. O‘tgan hafta davomida o‘yinlar qizg‘in bahs munozaralarga boy bo‘ldi. Bu musobaqalarda yigitlar bilan bir qatorda talaba-qizlarning ham faol ishtirok etib raqiblarini mag‘lub etgani e‘tiborga molik jihatdir. Kuni kecha mazkur musobaqalar g‘oliblariga жаhон chempioni bilan tosh surishdek mas’uliyatli, sharafli va baxtli onlarga muyassar bo‘lishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida «Shifokor» sport majmuasida shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov bilan master klass o‘yinlari o’tkazildi. Tadbir so’ngida “TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI REKTORI KUBOGI” g‘oliblari jahon chempioni ishtirokida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

One Reply to “TTA talabalari jahon chempioni Rustam Qosimjonov bilan dona surdilar”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan