TTA «TIBBIY FIZIKA» MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN QABUL QILISH TO‘G‘RISIDA E’LON

“Tibbiyot fizikasi” yoʻnalishi boʻyicha Germaniya taʼlim magistraturasiga Mannheim universitet gospitali va OPASCA GmbH bilan birgalikda Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga qabul toʻgʻrisida eʼlon

Dasturning maqsadi yuqori sifatlik onkologik yordam va ularga tegishli yuqori darajalik kadrlar tayyorlash, ilmiy taʼminot va sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish darajasiga erishishga qaratish

Vazifalari: 2021-yilda Prezident Sh.M. Mirziyoyevning va kansler Angela Merkelning onlayn sammitida Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya davlat rahbarlari oʻrtasidagi kelishuvlariga asosan, xorijiy hamkorlar bilan onkologiya va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish

Dastur etti moduldan iborat:

1) Tibbiyot uchun amaliy fizika va oliy matematika

2) Tibbiyot va radiobiologiya

3) Radioterapiya

4) Tibbiy tasvirlash

5) Hisoblash tibbiy fizikasi

6) Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

7) Magistrlik dissertatsiyasi

Dasturga nomzodlarni tanlash 2021-yil 29-noyabr kuni TTAda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Arizalarni qabul qilish 2021-yil 26-noyabrdan 29-noyabrgacha.

Ushbu dastur bo’yicha o’qish natijalariga ko’ra, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi diplomi va Mannheim universiteti gospitali va OPASCA GmbH sertifikati beriladi.

Dastur hajmi 4 semestr.

Narxi 44.000.000 4 semestr uchun.

Mannheim universiteti gospitalida xorijiy amaliyotdan o‘tish xarajatlari Germaniya grantlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Biz har doim sizga +99890 045-16-11 raqamlar bo’yicha ma’lumot berishdan mamnunmiz

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan