TTA haqida

Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh o'quv binosi

  Toshkent tibbiyot akademiyasi tarixiga nazar

Toshkent tibbiyot akademiyasi tarixi uzoq 1935 yildan boshlanib, Toshkent shahrida O‘rta Osiyo universiteti negizida tibbiy fakultet tashkil etilgan bo‘lib, oliy maʼlumotli davolovchi shifokorlar, farmatsevtlar, gigiyena mutaxassislarini tayyorlagan.

1990 yillarda Toshkent tibbiyot institutining bir necha binolari negizida 2 ta tibbiyot oliygoxlari: Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot va Ikkinchi Davlat Tibbiyot institutlari tashkil topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyul sanasidagi 178-sonli qarori bilan bekor qilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi 2005-yil 19-iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi 3629-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2008-yilning 31-mart sanasida berilgan 18-sonli sertifikatiga asosan oliy taʼlim muassasi maqomiga ega bo‘lgan.

TTAda 6 fakultet, 50 ta ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik yo‘nalishdagi kafedralar va markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriya faoliyat yuritadi.

TTAning klinik kafedralari akademiyaning ko‘p tarmoqli klinikasining davolash-tashxislash bo‘limlarida joylashgan.

TTA qoshida ajoyib tibbiyot tarix muzeyi mavjud bo‘lib, istagan kishi O‘zbekiston Respublikasi tibbiyotining tarixi, zamonaviy holati va istiqbollari bilan tanishib chiqishi mumkin.

TTA kafedralarida 1000 ga yaqin o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar, ulardan 190 tasi fan doktorlari, 600 dan ziyod fan nomzodlari, akademiklar, xorijiy akademiya ilgor aʼzolari, fan arboblari, xizmat ko‘rsatgan shifokor va taʼlim xodimlari.

Toshkent tibbiyot akademiyasi logotipi

Toshkent tibbiyot akademiyasi (Nizomga muvofiq) quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

  • Aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida yuqori malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash xamda sog‘liqni saqlash tizimini izchil takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etish;
  • O‘quv jarayonida ilgor taʼlim texnologik usullarini keng joriy etish natijasida taʼlim tizimiga innovatsion mazmun kiritish;
  • Bulajak shifokor mutaxassislarni o‘qish jarayonida davolash amaliyotining zamonaviy aniq ko‘nikmalarini egallab borishlarini taʼminlash va buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berish;
  • Shifokorlar faoliyatida atrof muhitdagi ekologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda profilaktik yo‘nalishni shakllantirish va tibbiyot xodimlarini tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish;
  • Respublikada oliy maʼlumotli tibbiyot kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda yetakchi muassasa sifatida respublikadagi barcha tibbiyot o‘quv yurtlari, akademiya filiallari faoliyatini uslubiy nazorat qilib borish va takomillashtirish, shuningdek tibbiyot, sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • Tibbiyot sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan birga ularga vatanparvarlik, komil insoniylik xis tuyg‘ularini yuksak darajada singdirib borish hamda o‘z kasbini egallashdagi intilishlarida maʼnaviy-ahloqiy fazilatlarni ham shakllantirib borish;
  • Tibbiyot kadrlarini tayyorlashda vatanimiz va xorijiy ilg‘or tajribalarini tizimlashtirish va ularni respublika oliy tibbiy taʼlim jarayoniga tatbiq etish.

Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish

Jadvali

Lavozimi Familiyasi, ismi, sharifi Qabul qilish kuni va vaqti
1. Rektor Shadmanov Alisher Kayumovich Har kuni (0800 -1000)
2. Prorektor Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich Seshanba (1500 -1700)

Juma (1500 -1700)

3. Prorektor Bobomaratov Turdiqul Akramovich Shabna (0800 -1000)

Payshanba (1000 -1200)

4. Prorektor Azizova Feruza Lyutpillayevna Dushanba (1500-1700)

Chorshanba (1500 -1700)

Toshkent tibbiyot akademiyasi Rektori virtual qabulxonasi

Ishonch telefoni: +998 71 1507825

Translate: Eng Рус