Vivariy

Tajriba biologik klinikasi- bu ilmiy va o‘quv muassasasining ilmiy  yordamchi bo‘linmasi bo‘lib, zarurat tug‘ilganda, biotibbiyot tadqiqotlarda foydalaniladigan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi.

Laboratoriya hayvonlari ilmiy ishlarda (ilmiy tajribalar o‘tkazish uchun) va oliy o‘quv yurtining o‘quv jarayonida (ko‘rgazmali material uchun), shuningdek, biologik va dorivor mahsulotlarni sinashda ishlatiladi.
Bundan tashqari, biotibbiyot klinikasida alohida ilmiy mas alalarni qayta ishlash, talabalar va magistrlarning  tajriba hayvonlari bilan amaliy faoliyat ko‘nikmalarini egallash va o‘zlashtirishlari  bo‘yicha mustaqil ishlar olib boriladi. Hozirgi kunda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida laboratoriya hayvonlaridan foydalanilgan holda turli xil yangi klinika oldi ilmiy izlanishlar olib borilmoqda,   biologik va dori vositalari sinovdan o‘tkazilmoqda.  Tajribalar uchun foydalanadigan hayvonlarning turlari –
1) Kalamushlar

2) Sichqonlar

3)Quyonlar

4) Dengiz chuchqachalari

5) Qurbaqalar

Vivariy Akademiyaning barcha tarkibiy qismlari (kafedralar, markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.


Toshkent Tibbiyot Akademiyasining  ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish (1920-2020)

(ToshMi arxividan olingan maʼlumotlar)

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  ilmiy faoliyati 1920 yilda tashkil etilgan Toshkent tibbiyot institutining  boshqa sohalari qatori uzoq rivojlanish yo‘liga ega. Uning o‘sish dinamikasida oldinga intilish surʼati va ish hajmi, ijodiy yo‘li  aniq aks ettirilgan uning notinch va ijodiy hayotining  har bir bosqichi namoyon bo‘ladi Yosh tibbiyot fanining paydo bo‘lishining dastlabki kunlaridanoq u murakkab vazifa-mintaqaviy kasalliklarga qarshi kurash muammosiga duch keldi.

Toshkent tibbiyot instituti keng ilmiy izlanishlar olib borish uchun asos bo‘ldi ayniqsa,  leshmanioz, yo‘g‘on ichak  yarasi kasalligi,  sprey, bezgak, cho‘zigan diareya, brutsellyoz, transmissiv tif, toksik gepatit va boshqa bir qancha kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha keng ilmiy izlanishlar olib borildi Kasalliklarning barcha turlari щu davr nuqtai nazaridan  mahalliy sharoitlarda o‘rganildi. Barcha ilmiy tadqiqotlar natijalari mahalliy va xorijiy matbuotda nashr etildii.. Tropik kasalliklarni, yaʼni sprey, malta isitmasi pellagra kabi kasalliklarni o‘rganishga professor A N Kryukov katta hissa qo‘shgan. Ayniqsa, klinikalar va kafedralar tomonidan O‘zbekiston iqlimining  odam organlari-buyraklar, yurak qon tomir tizimi, oshqozon sekretsiyasi va boshqalarga taʼsirini o‘rganish institut ilmiy faoliyatining muhim bosqichi bo‘ldi.
Ilmiy ishlar doimiy raviщda rivojlanib takomillashib bordi mustaqil ilmiy tibbiy jamiyatlar- terapevtik, jarrohlik, ginekologik, venerologik, oftalmologik va boshqa jamiyatlar o‘z ilmiy faoliyatlarini olib bordilar. Ushbu jamiyatlarning olimlari va shifokorlari ilmiy maʼruzalar bilan almashdilar, sʼezdlar o‘tkazdilar, boshqa jamiyat shifokorlarini  jalb qildilar, chet el olimlari bilan hamkorlik olib bordilar. Olimlar va shifokorlar o‘zlarining ijodiy g‘oyalarini 1921 yilda tashkil etilgan «Turkiston Tibbiyot jurnali»da eʼlon qildilar va bu jurnal tibbiyot fanining  rivojlanishida katta rol o‘ynadi. 1934 yilda birinchi marta ToshMI ilmiy izlanishlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratmalar oldi va bu maxsus asbob-uskunalar xodimlarni ishga kabul kilish, nashriyotlar ochish, ilmiy adabiyotlarni sotib olish imkonini berdi va shu vaqtdan boshlab institut yirik ilmiy –tadqiqot muassasaga aylandi. O‘zbekistondan tashqarida ham tan olingan ilmiy ishlar, shu jumladan  monografiyalar soni o‘sdi. ToshMida ilmiy ishlar to‘plamlari ham nashr qilina boshladi.Olimlar doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ustida faol ish olib bormoqdalar va professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘ldirmoqdalar. Magistratura va klinik ordinatura orqali mutaxassislar  tayyorlashni kengaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Toshkent Tibbiyot instituti yirik o‘quv, tibbiy va ilmiy muassasaga aylanmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I Karimovning  2011 yil 20 maydagi 1533-sonli farmoni bilan «Tibbiy-genetik, molekulyar, farmakotoksiologik va biologik tadqiqotlar» nomli Toshkenn Tibbiyot Akademiyasining institutlararo ilmiy –tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi.
MITLni yaratishdan maqsad tibbiy biologiya, genetika, immunologiya, patologiya, gistologiya va klinik farmakologiya sohasidagi fundamental va am aliy tadqikotlarni birlashtirish orqali kasalliklarni tashhislash, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish va amaliy tibbiyotga innovatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
MITL xodimlari ilmiy faoliyat bilan bir qatorda magistrlik ishi va dissertatsiyalarini yozish davrida  ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, zamonaviy tibbiy asbob uskunalarda amaliy kunikmalarni o‘rganish uchun kelgan ilmiy xodimlar, aspirantlar,  rezidentlar, yuqori kurs talabalari va O‘zbekiston Respublikasining turli oliy o‘quv yurtlaridan jo‘natilgan yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun sharoit yaratmoqdalar . MITL quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi –tibbiy genetik va immun fermenti bo‘limi;     – Elektron mikroskopli molekulyar hujayrali texnologiya bo‘limi

– Farmakotoksiologik tadqiqotlar bo‘limi;     – Biologik va immunologik tadqiqotlar bo‘limi     – Grantlarni muvofiqlashtirish bo‘limi.MITL asosida 5ta dissertatsiya ishi himoya qilingan shulardan 3tasi doktorlik va 2 tasi fan nomzodligi.Shuningdek, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshiriladigan grantlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Respublikaning 23ta oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan shartnomalar asosida ilmiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi yo‘nalishi bo‘yicha hozirda oziq-ovqat qo‘shimchalari, kimyoviy moddalar, pestitsidlarning gigiyenik va toksiologik biotibbiy xavfsizligini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Translate: Eng Рус