Rektor tabrigi

Alisher Shadmanov

Aziz va muhtaram do‘stlar!
Akademiyamizda faoliyat ko‘rsatayotgan hurmatli hamkasblar va ilmga chanqoq talabalar!

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasida tibbiy kadrlarni tayyorlovchi ilg‘or tibbiyot oliygohlaridan biridir. Biz 2005 yildan beri dunyodagi insonparvarlik kasbining mutaxassislarini tayyorlaymiz. Ko‘p yillardan beri akademiyamiz o‘z ishining samaradorligi bilan O‘zbekiston Respublikasida mavjud ilg‘or tibbiyot maktablari orasida birinchi o‘rinda turadi, jonajon o‘quv yurtimiz xalqaro tibbiyot arenalarida va dunyoning bir necha mashhur oliygohlar bilan qo‘rqmasdan bahslasha oladi.

Akademiyada 6 ta – davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, tibbiy-biologiya, oliy maʼlumotli hamshira va harbiy tibbiyot fakultetlari mavjud.

Toshkent tibbiyot akademiyasi – bu yuksak ilmiy-pedagogik salohiyatga ega, ilm olishning keng imkoniyati, xalqaro aloqalar taraqqiy topgan, jamoatchilik rag‘bati yuksak mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o‘quv yurtininig zamonaviy ko‘rinishidir. So‘nggi yillarda akademiyamizda yaxshi anʼanalar yo‘lga qo‘yildi, bakalavriatura va magitratura mutaxassislarini o‘qitish va dissertatsiyalar himoyasiga yangicha yondashilmoqda, oliygohning moddiy-texnik baza yaxshilandi.

Yevropa va Osiyoning mashhur oliygohlari bilan xalqaro hamkorlik qilish yanada ko‘paydi. Oxirgi yillarda TTAda AQSH va Koreya Respublikasi bilan birgalikda talabalarni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish maqsadida o‘quv markazi ochildi va bugungi kunda ham o‘z faoliyatini davom ettiryapti.

Maʼlumki, taʼlim va ilm-fan mamlakatning innovatsion rivojlanish asosi hisoblanadi. Bugungi zamonaviy sharoitda ilm-fanning roli ancha oshdi. Hozirgi globallashuv asrida taʼlim tizimini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Davlatning raqobatbardoshligi fuqarolarining taʼlim darajasiga bog‘liq.

Bilamizki, siz hayotingizda shifokor bo‘lishdek muhim qarorni qabul qildingiz va oldingizda turgan imtihonlardan qo‘rqmaysiz, tibbiyot fanidagi “granit”lar sizni cho‘chitmasligiga aminmiz.

Akademiyamizning barcha talabalariga rivojlanayotgan dunyo tibbiyotini o‘rganishlarini tilayman, biz bunda sizlarga albatta yordam beramiz.

Shadmanov Alisher Qayumovich

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori

Translate: Eng Рус