Statistika va faktlar

Umumiy maʼlumotlar. Toshkent tibbiyot akademyasi 2005 yildan buyon faoliyat yuritmoqda.

Akademiya bakalavriatida 3179 nafar, magistraturasida 656 nafar, klinik ordinaturada esa 128 nafar talaba tahsil olmoqda, 945 professor-o‘qituvchilar, ulardan 345 ilmiy daraja va unvonlilar pedagogik faoliyat yuritmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasida 6 ta fakultet mavjud bo‘lib, ular davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, oliy maʼlumotli hamshira, malaka oshirish va harbiy-tibbiyot fakultetlarini tashkil etadi. Ularda, bakalavriatning “Davolash ishi”, “Tibbiy pedagogika (Kasb taʼlimi)”, “Tibbiy profilaktika ishi”, “Oliy hamshiralik ishi”, “Tibbiy-biologik ish” va harbiy-tibbiyot taʼlim yo‘nalishlari mavjud.

Kadrlar tayyorlash. Oxirgi yillarda (2015 yildan buyon) Toshkent tibbiyot akademiyasi Sog‘liqni saqlash tizimiga 2742 dan ortiq umumamaliyot shifokorlari, 46 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 953 dan ortiq ilmiy pedagogik kadrlar, klinik ordinaturada 460 ta tor mutaxassislar va 22 yo‘nalish bo‘yicha 45 ta fan doktorlari tayyorlandi.

Oxirgi uch yilda “Sport tibbiyoti”, “Tibbiy psixologiya”, “Hamshiralik ishida boshqaruv”, “Diyetologiya”,  “Atrof muhit va inson salomatligi” magistratura mutaxassisliklari va “Tibbiy biologiya ishi” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi tashkil etildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida qabul ko‘rsatkichlari oxirgi 3 yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimliklarining ehtiyojiga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilib optimallashtirildi. Umumamaliyot shifokorlariga ehtiyoj katta bo‘lganligi sababli qabul ko‘rsatkichlari oshirilib tor mutasxassislar tayyorlash kamaytirildi. 2018 yil 1-iyun xolati bo‘yicha bitiruvchilarning 60%i qishloq vrachlik punktlarida umumiy amaliyot shifokori siftadi faoliyat yuritib kelmoqda. Iqtidorli magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining 31 nafari respublika ilmiy tekshirish institutlari, ixtisoslashgan ilmiy markaz va oliy taʼlim muassasalarida ishga joylashtirildi.

2017-2018 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida 2 nafar  iqtidorli talabalari  davlat stipendiya soxiblari: Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi soxib hamda Islom Karimov  stipendiyasi  sohibi, 7nafar talaba respublika fan olimpiadalari g‘olibi bo‘lishdi. 2018 yil aprel oyida “ Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan yosh olimlar ilmiy-amaliy  anjumanida 46 ta talaba o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etib, 16 talaba eng yaxshi maʼruzachi tanlovi g‘olibi bo‘lishdi.

Ilmiy faoliyat.

Akademiyada grantlar  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan ilmiy loyihalarni muvofiklashtirish uchun Muvofiklashtiruvchi Kengashi tashkil etilgan.

  • Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy-tadqiqot bo‘limining asosini Oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasi (OTMITL) OTMITLtashkil etadi.  TTA   2018  yilda davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 13ta loyiha bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shulardan 8ta amaliy, 2ta fundamental, 2ta yosh olimlar va 1ta innovatsion loyihalar bo‘lib, ularning  umumiy qiymati 1 mlrd. 365 mln. 929 ming so‘m miqdorini  tashkil etadi,  ushbu loyihalarni amalga oshirishda  umumiy  88 ta xodim ishtirok etamokd. Bundan tashqari, soha buyurtmalari hisobidan 43 mln. so‘mlik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
  • Akademiyada faoliyat yuritayotgan Oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasiда (OTMITL) O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, ilmiy markazlarning va  boshqa turdagi xujaliklarning  buyurtmalari amalga oshirilib kelinmoqda.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan OTMITL o‘quv jarayoni sifatini oshirish, taʼlim va fanning samarali integratsiyalashuvi taʼminlash hamda muassasada ilmiy tadqiqot ishlari va taʼlim sifatini oshishiga xizmat qilmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasida 2018  yillarda ilmiy ishlarni rivojlantirish maqsadida:

  • Ilmiy tadqiqot ishlarining qamrovi va ko‘lamini kengaytirish;
  • OTMITLni asbob-uskunalar bilan jihozlash va uni to‘laqonli ishlashini taʼminlash;
  • Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSs) dissertatsiyalarini o‘z vaqtida himoyalarni taʼminlash sifatini yaxshilash orqali ilmiy salohiyatni  ko‘tarish vazifalari belgilangan.

Moddiy texnik baza. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 apreldagi 102-sonli qaroriga asosan TTA huzurida Respublika diyetologiya o‘quv-amaliy markazi qurilish yakunlandi va zamonaviy jixozlar bilan taminlash ishlari olib borilmoqda ishlari boshlandi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Bosh o‘quv binosida 2011 yildan boshlab 18 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ o‘zlashtirildi, kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirildi va zamonaviy mebel jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga 1 mlrd. 200 mln so‘mlik mablag‘ ajratilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlari ishlarini talab darajasida amalga oshirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan ilmiy ommabop tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida oliy taʼlim muasasalariaro molekulyar genetik ilmiy laboratoriyani jihozlash, simulyasion markaz tashkil etish, eksperimental tadqiqotlar uchun zamonaviy vivariy qurilishi, tipik maʼruza zallari qurish va jihozlash kabi ustivor vazifalar rejalashtirilgan.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar.

Yoshlar, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan “Yoshlar va qonun” targ‘ibot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasida 2016 yilning o‘zida 30 dan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida talab-yoshlarni maʼnan yetuk, ona yurtga muhabbat, vatanga sadoqat, turli yot g‘olarga qarshi kurashuvchanlik immunitetini oshirish maqsadida talaba-yoshlar va professor o‘qituvchilar o‘rtasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 2016 yil mobaynida Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan talabalarning V “Sog‘lom xalq, sog‘lom millat – buyuk ishlarga qodir bo‘ladi” nomli anjumani tashkil etildi. Shuningdek “Huquqiy savodxonlik” oyligi doirasida guruhlar kesimida tadbirlar o‘tkazildi.

Talaba-yoshlarning  turli yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchanlik immunitetini oshirish maqsadida  “Men diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshiman”, “Jaxolatga qarshi maʼrifat” mavzularida maʼrifiy tadbirlar, soha mutaxassislar, huquqshunos, dinshunos olimlarni jalb etgan halda o‘quv yili davomida 132 dan ziyod  davra suhbatlari, maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Talaba-yoshlar o‘rtasida Sportni ommalashtirish. Sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish. Talabalrning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yakshanba sport kuni” doirasida haftaning har yakshanba kunlari Shifokor sport majmuasida sport turnirlari yil davomida sportning voleybol, mini futbol, stol tennisi, estafetali yugurish, shaxmat, sheyping turlari bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Shuni alohida taʼkidlash joizki “Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz” nomli Sport bayrami tadbiri Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari, TTAga qarashli klinika xodimlari o‘rtasida o‘tkazilib borilmoqda.

Malaka oshirish. 2016 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 94 nafar professor-o‘qituvchilari akademiya qoshidagi tarmoq markazida malaka oshirib, malaka sertifikatiga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, 23 nafari axborot texnologiyalari bo‘yicha, 8 nafari chet tillar va 12 nafari gumanitar fanlar bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishdi. 2017 yilda 142 nafar professor-o‘qituvchilar malaka oshirishi rejalashtirilgan.

Xalqaro aloqalar. Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirib, MDH va xorijiy o‘quv yurtlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Bularga: Lipsig va Bonn universitetlari (Germaniya), Pelloponidas universiteti (Gretsiya), Rezekne texnologiya universiteti (Latviya), London metropoliten va Birmingem Siti universitetlari (Buyuk Britaniya), Seul Universiteti, Chxonnam Davlat universiteti (Koreya), Koryo Universiteti (Koreya), Asan tibbiyot markazi (Koreya), Rossiya Davlat Universiteti, I.M. Sechenova nomli birinchi MDTU, I.I.Mechnikov nomidagi Sankt-Peterburg Davlat tibbiyot akademiyasi, Moskva Davlat stamotologiya tibbiyot universiteti, Samara Davlat tibbiyot universiteti, “Medanta” tibbiyot markazi (Hindiston).

Toshkent tibbiyot akademiyasi hozirgi kunda Janubiy Koreyaning Koryo universiteti bilan birgalikda loyihaning umumiy qiymati 400 ming. AQSH dollariga teng bo‘lgan “Tashqi muhit va inson salomatligi” yo‘nalishidagi 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan grantni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqiining “Erasmus+” doirasida

“IMEP”, “MODEHED”, “MedPhys”

nomdagi oliy taʼlimni rivojlantirishdagi loyihalarda ishtirok etmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekiston sharoitida tabiiy o‘simliklaridan olingan ferment preparatlarini ko‘krak bezi saratoni profilaktikasida qo‘llash bo‘yicha hamkorlikdagi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan ilmiy loyihalarda ishtirok etmoqda.

2016 yilnign o‘zida akademiyaning 84 nafar professor-o‘qituvchilari 16 ta xorijiy mamlakatalarining nufuzli universitetlarida tajriba almashdi. 32 nafari xorijiy universitetlarda maʼruzalar o‘qidi va master-klasslar o‘tkazdi.

Xorijiy universitetlarning 28 nafar professor o‘qituvchilari akademiya talabalari uchun muammoli maʼruzalar va master-klasslar o‘tkazishdi.

18 nafar akademiya talabasi xorijiy mamlakat universitetlarida stajirovkada bo‘lib keldi. 2017 yilda 20 nafar talabalar turli davlat universitetlarida tajriba almashishi rejalashtirilgan.

Janubiy Koreya respublikasi ASAN tibbiyot markazining professorlari, Xan Duk Djong, Kim Chan Uk, Pak Djong Yol, Buyuk Britaniyaning Bermingim Siti universiteti professori Fatima Rabbiyaxan, Turkiya Respublikasi Liv xospital xalqaro klinikasi professori Ergan Kara ugli, AQShning Jon A. Bernst universiteti professori G. Maskarinets, Kolumbiya universiteti professori Daniel Trounglar Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavriat va magistratura talabalari uchun maʼruzalar o‘qishdi.

Translate: Eng Рус