Fakultetlar

1-son Davolash fakulteti

O‘qish shakli – kredit-modul tizimi

Ta’lim shakli – kunduzgi

O‘qish muddati – 6 yil

O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz

Bitiruvchilarga beriladigan ixtisoslik (kvalifikatsiya) – Oilaviy shifokor

Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.

Talaba 6 yil davomida jami 360 kredit, har yili 60 kredit to‘plashi lozim.

Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-6 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi. 6 kursda talabalar bevosita oilaviy shifokor dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.

Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritishlari yoki o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Otajonov Ilxom Otaboyevich

2-son Davolash fakulteti

O‘qish shakli – kredit-modul tizimi

Ta’lim shakli – kunduzgi

O‘qish muddati – 6 yil

O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz

Bitiruvchilarga beriladigan ixtisoslik (kvalifikatsiya) – Oilaviy shifokor

Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.

Talaba 6 yil davomida jami 360 kredit, har yili 60 kredit to‘plashi lozim.

Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-6 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi. 6 kursda talabalar bevosita oilaviy shifokor dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.

Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritishlari yoki o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Irnazarov Akmal Abdullayevich

Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati, tibbiy pedagogika va surdotarjimonlik fakulteti

Fakultet vrach-pedagog ixtisosligi bo‘yicha umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 6 yil.
Ushbu fakultet bitiruvchilari kelgusida davolash-profilaktika muassasalarida yoki tibbiyot kollejlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
O‘qishni tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada davom ettirishlari ham mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Hamrayev Abror Asrarovich

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi va kimyo fakulteti

Fakultet – umumiy vrach gigiyenist-epidemiolog mutaxassislarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 5 yil.
Bitiruvchilar sanitar-epidemiologiya xizmati muassasalarida faoliyat yuritishi yoki tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Salomova Feruza Ibodullayevna

Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti

Fakultet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: hamshiralik ishida menejment, hamshiralik ishida anesteziologiya va reanimatsiya, hamshiralik ishida jarrohlik, hamshiralik ishida akusherlik.
Bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirishi yoki quyidagi sohalarda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin:

  1. tibbiyot kollejlarda taʼlim ishi;
  2. yetakchi jarrohlik hamshirasi;
  3. yetakchi anesteziologiya va reanimatsiya hamshirasi;
  4. tug‘ruq bloklarida (komplekslari) akusherka;
  5. bosh hamshira (hamshiralik ishida menejment).

O‘qish davomiyligi 3 yil.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Aliyev Sarvar Ubaydullayevich

Malaka oshirish fakulteti

Malaka oshirish fakulteti Toshkent tibbiyot akademiyasining 2015 yil 20 avgustdagi 243-sonli buyrug‘i asosida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Fakultet tarkibiga 2016 yil 4 martdagi 87-sonli buyruqqa asosan 5 ta kafedra kiritildi.

Bular:

  1. 1-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi (Shukurov Farxot Ishqulovich)
  2. Dermatovenerologiya kafedrasi (Tashkenbayeva Umida Alisherovna)
  3. Travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohlik kafedrasi (Karimov Murodulla Yuldashevich)
  4. 1-son ichki kasalliklar kafedrasi (Nurillayeva Nargiza Muxtarxanovna)
  5. Malaka oshirish kafedrasi (Dadaboyeva Raʼno Qudratovna)

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Nurillayeva Nargiza Muxtarxanovna

Xalqaro fakultet

  1. Tibbiy va biologik kimyo (Tursunov Djaxangir Xusanovich)
  2. Xorijiy tillarni o‘qitish markazi (Abdullayeva Rozanna Mirzatullayevna)

Fakultet dekani: Tursunov Djaxangir Xusanovich

Translate: Eng Рус