XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Xorijiy abituriyentlar uchun

Toshkent tibbiyot akademiyasida xorijiy mamlakatlarning fuqarolari istalgan yo‘nalishlarini tanlab taxsil olishlari mumkin.

Hujjatlar 2022 yil 20 iyundan boshlab qabul qilinadi. TTA talabasi bo‘lish uchun siz og‘zaki imtixon suhbatidan o‘tishingiz kerak.

Suhbatda qatnashish uchun sizdan quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

– TTA rektori nomiga siz tanlagan yo‘nalish, o‘qish tili ko‘rsatilgan ariza;

– siz bilan bog‘lanish uchun aloqa maʼlumotlari: yashash manzilingiz va telefon raqamlari (murojaat etuvchilarning ota-onalarining telefon raqamlari bilan);

– Attestat yeki diplom asl nusxasi va nusxasi va ular bilan birga olingan baxolar (ilovasi bilan) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;

– milliy va chet el pasporti (nusxalari bilan) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (agar yashash huquqingiz bo‘lsa, siz shuningdek uning nusxasini taqdim etishingiz kerak);

– 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

Yuqoridagi barcha hujjatlar onlayn tarzda topshirilishi mumkin!

Ushbu hujjatlarning elektron shaklda pochta orqali enter.tma@gmail.com saytiga yuboriladi

Ko‘p beriladigan beriladigan savollarga (o‘zbek, rus, turkman, tojik va ingliz tillarida) javoblarni bu yerda topish mumkin.

Qo‘shimcha savollar uchun +998954754506

Murojaat qilishingizni so‘raymiz

Xalqaro qo‘shma taʼlim dasturida o‘qishni istaganlar uchun

Xalqaro qo‘shma taʼlim dasturida o‘qishni, va bir vaqtning o‘zida ikkita diplom olishni xohlaysizmi?

Sizni «Davolash ishi» qo‘shma taʼlim dasturi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universitetining talabasi bo‘lishga taklif qilamiz. O‘qitish 3+3 mexanizmi bo‘yicha olib boriladi (Toshkent tibbiyot akademiyasida 3 yillik hamda Qozon davlat tibbiyot universitetida 3 yil o‘qish).

Ushbu dastur bo‘yicha o‘qitish natijalariga ko‘ra Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universitetining diplomlari (2 ta diplom) beriladi.

Qo‘shma talim dasturi talabasi bo‘lishga shoshiling.

Biz bilan bog‘lanish uchun:

+998954754506

Raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling

ТТА ҳақида тарихий маълумот Историческая справка про ТMA ТМА hakynda güwänama  ТМА маълумоти таърихи  ТМА historical background
FAQ (UZB) Часто задаваемые вопросы FAQ (TKM) FAQ (TJK) FAQ (ENG)
INFO (UZB) INFO (TKM) INFO (TJK) INFO (ENG)

Translate: Eng Рус