Tel:+998 71 150-7834
 

Axborot resurs markazi

ARM rahbari Kuzmina Galina Viktorovna
Xizmat ko‘rsatish tel: 214-82-90; Email: irc@tma.uz

Axborot resurs markazi faoliyatining ilk boshlang‘ich davri 1920 yilga to‘g‘ri keladi. Bu O‘zbekistondagi tibbiyot va u bilan chambarchas bog‘liq boshqa sohalarga oid eng keksa adabiyotlar va qo‘lyozmalar kolleksiyasidir. O‘z faoliyati davomida mazmunan va shaklan universal bo‘lgan fond mamlakatimizda, chet – elda – dunyoning turli tillarida chop etilgan tibbiyot, biologiya, tibbiyot kimyosi, ijtimoiy fanlar, san’at va madaniyatga oid hamda badiiy adabiyotning boy fondini o‘z ichiga olgan. Zamon talabi bilan ARM kitobxonlarga xizmat va informatsion materiallar tarkibi va tizimiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga xojat tug‘ildi. Shu maqsadda moddiy – texnika bazasi tashkil etilib, kompyuter va orgtexnika xizmat doirasiga joriy etildi. «Armat» programmasi bo‘yicha tuzilgan elektron katalog doimiy ravishda o‘sib boruvchi elektron kitoblar bazasida avtomatlashtirilgan izlash xizmatini bajaradi. Hozirga kelib bibliografik yozuvlar soni 700 dan ziyod.
ARM 8000 dan oshiq kitobxonga hizmat ko‘rsatadi. Kitobxonlar uchun abonement va o‘quv zallari shahobchalari soat 22 ga qadar faoliyat yuritadi. ARM kitob fondi 681.594 nusxa kitobdan iborat bo‘lib, ulardan 168004 nus’ha o‘quv fondi, 33511 nusxa davlat va rus tilidagi o‘quv qo‘llanmalar. 20.000 ziyod ingliz tilidagi o‘quv adabiyotlar. O‘quv adabiyotlarning asosiy qismi elektron formatga o‘tkazilib, ular 15597 tadan iborat. O‘quv zallarida 400 ta foydalanish joylari mavjud. Vertual kutubxona ARMning barcha elektron resurslaridan foydalanishga imkon beradi. 10 ta kompyuterda Internetdan foydalanish imkoniyati bor.
ARM o‘z faoliyatini rektor tasdiqlagan Nizomga muvofiq olib boradi. Tuzilishi jihatidan ARM yetti bo‘limdan iborat bo‘lib, ular quyidagilar:
1.Fondlarni jamlash bo‘limi va uning sektorlari
2.Ilmiy qayta ishlov berish bo‘limi va uning sektorlari
3.Ilmiy adabiyotlar bilan hizmat ko‘rsatish bo‘limi va sektorlari
4. O‘quv adabiyotlar bilan hizmat ko‘rsatish bo‘limi va sektorlari
5. Sanalash, kompyuterlash va elektron katalogizatsiyalash, bibliografik – ma’lumot va ommaviy ishlar bo‘limi
6. Administrativ-boshqaruv bo‘limi
Har bir bo‘lim tasdiqlangan Nizomga ega.
ARM hizmat ko‘rsatgichlari bo‘yicha maosh to‘lanishining ikkinchi guruhiga kiradi. Uning shtati 51 kishidan iborat.
TTA qoshidagi ARM kollektivi kitobxonlarga hizmat ko‘rsatish borasida doimiy izlanishda va bu sohaga yangi uslublar kiritish ustida ish olib borib, ularni amalga oshirmoqda. Talabalar turar joylaridagi o‘quv zallarida ayrim kitoblar va kafedralar prezentatsiyasi, o‘quv hamda ilmiy video materiallar va slaydlar hamjihatligida o‘tadigan tematik o‘quv semenarlar shular jumlasidandir.

Translate: Eng, Рус