E’LON!

e'lon

Toshkent tibbiyot akademiyasining dilbar, iqtidorli-iste’dodli va zukko talaba-qizlari!

Sizlarni, Xotin-qizlar kengashi tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy «BALLI QIZLAR» ko‘rik tanloviga taklif etamiz! Jamiyatimizda qizlarning har sohada o‘z o‘rnini mustahkamlash va ularga imkoniyat berish bizning asosiy maqsadimizdir.

Ushbu ko‘rik tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi.
1-bosqich fakultet bosqichi bo‘lib, 5-mayga qadar fakultetlar kesimida tashkil qilinadi, eng yuqori natijani qo‘lgan kiritgan talaba qiz 2-bosqichga o‘tkaziladi.

2-bosqich Akademiya bosqichi bo‘lib, 6 ta fakultetning 6 nafar qizlari o‘zaro «AKADEMIYA MALIKASI» sovrini uchun bellashishadi. Ushbu bosqich 10-may kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rik-tanlov shartlari bilan tanishing:

1. Tanishtiruv sharti ( 5 daqiqa);

2. «Mening iste’dodim» sharti (erkin mavzu, 5 daqiqa);

3. Adiblarning hayot va ijodini targ‘ib etish sharti ( 3 daqiqa);

4. Milliy urf-odatlarimizdan,
«Alla aytish» sharti ( 5 daqiqa);

5. Pazandachilik – bahoriy salat tayyorlash sharti (10 daqida).

Ushbu tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan talaba-qizlarimiz Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishingiz mumkin.

G‘olib bo‘lgan bilimdon va zukko qizlarimiz TTA ning maxsus esdalik sovg‘alari hamda diplom bilan taqdirlanadilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan