O’zbekiston haqida

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston RespublikasiЎзбекистон Республикаси) – Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Poytaxti – Toshkent shahri. Davlat tili – oʻzbek tili. Maydoni – 448 978 km2. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 36 milliondan ortiq. Pul birligi – soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyatToshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Oʻzbekiston MDHBMTYXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston berk hududda yaʼni qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrnini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabridan boshlab mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik taʼminotchi davlatdir. Mamlakatda, shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlari mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.

Oʻzbek soʻzining kelib chiqishi

Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asrda moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan. XII asr arab tarixchisi Usoma Ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115–1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi. Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegiziylar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210–1225) boʻlgan 1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jaloliddin qoʻshinlarining yetakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi.

Tarixchi Mutal Ermatov: „Oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan“, – deb taxmin qilgan.

Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek Xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek Xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining reydini eslatib oʻtadi.

Boshqa tarixchilarning fikricha, XIV asrning 60-yillarida, Dashti qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. XIV asrning 60-yillarida „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dashti qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Alisher Navoiy (1441–1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.

Demografiyasi

Oʻzbekiston aholisi 36 001 029 kishini tashkil qiladi (2022-yil 9-dekabr holatiga koʻra). Aholining aksariyat qismi (83,7% dan koʻprogʻi – 26,15 million kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslarqozoqlartojiklar; 500ming tatarlarqirgʻizlarqoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar
(200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51% shaharlarda va 49% – qishloqlarda istiqomat qiladi. 2022-yil holatiga koʻra, erkaklar soni 17,9 mln, ayollar soni esa 17,7 mln kishi kishini tashkil qiladi. Shaharda yashovchi aholi soni 18,1 mln kishiga, qishloqda yashovchilar esa 17,5 million kishiga teng. Tugʻilishlar soni 413,6 ming kishi, oʻlimlar soni esa 80,9 ming kishini tashkil qildi. Qayd qilingan nikohlar soni – 108,9 mingni, ajrashishlar soni – 24,6 mingtaga teng.

Aholining asosiy qismi – oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7% ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 42%ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 51%i mehnatga layoqatli va 7% mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.

Viloyatlari

Asosiy maqola: Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Oʻzbekiston 12 ta viloyat, (SirdaryoNavoiyJizzaxXorazmBuxoroSurxondaryoNamanganAndijonQashqadaryoSamarqandFargʻonaToshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.

Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km) Aholisi
Andijon viloyati Andijon 4,200 3,105,000
Buxoro viloyati Buxoro 39,400 1,384,700
Fargʻona viloyati Fargʻona 6,800 3.620.100
Jizzax viloyati Jizzax 20,500 910,500
Namangan viloyati Namangan 7,900 2,000,123
Navoiy viloyati Navoiy shahri 110,800 767,500
Qashqadaryo viloyati Qarshi 28,400 3,149,000
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 160,000 1,200,000
Samarqand viloyati Samarqand 16,400 3,714,800
Sirdaryo viloyati Guliston 5,100 648,100
Surxondaryo viloyati Termiz 20,800 1,676,000
Toshkent shahri Toshkent shahri 3,338 2,340,900
Toshkent viloyati Nurafshon 15,300 4,450,000
Xorazm viloyati Urganch 6,300 1,200,000

Oʻzbekiston Prezidenti

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi „Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti“ deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12-chaqiriq
1-sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimiga Islom Karimov saylangan edi. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 2-sentyabrda Islom Karimov vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari oʻtkazildi va unda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Milliy bayramlar

1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan:

Xalqaro munosabatlar

Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:

  • BMT
  • Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi
  • BMTning milliy xalqlar Fondi
  • Qochoqlar boʻyicha BMTningOliy Komissariat boshqarmasi
  • BMTning bolalar fondi vakolatxonasi – UNICEF
  • BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
  • Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti — EXHT/ОSCЕ
  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi – ICRC
  • Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasining vakolatxonasi – Red Cross

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:

 

Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston#

Translate: Eng Рус