Talabalar hayoti

Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli

talabalar turar joyida o‘tkazilgan “Direksiya kubogi”

 Тoshkent tibbiyot akademiyasi tasarrufidagi talabalar turar joylarida o‘tkazilgan “Direksiya kubogi”ning ochilish marosimida talabalar turar joyi direksiyasi direktori E.A.Xudayqulov so‘zga chiqib sport musobaqalarini ochiq deb eʼlon qildi va barcha sportchilarga omad tiladi. Sport musobaqalari qurʼa tashlash jarayoni bilan boshlandi. Direksiya kubogi to‘rtta sport turidan iborat bo‘lib unda mini futbol, shaxmat, qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol hamda stol tennisi tashkil etildi.

Millionlar o‘yini bo‘lgan futbol barcha tomoshabinlarning diqqat markazida bo‘lib juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

Unda №8 sonli talabalar turar joyining “Lochin” jamoasi faxrli 1 o‘rinni egalladi, №4 sonli talabalar turar joyi yigitlari 2 o‘rinni band etdi hamda №5 sonli talabalar turar joyi yigitlari 3 o‘rin bilan kifoyalanishdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol sport turida №8 sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yigitlar peshqadamlikni xech kimga bermasdan faxrli 1 o‘rinni band etdilar, №3 sonli talabalar turar joyining yigitlari 2 o‘rin bilan chegaralanishidi, №5 sonli talabalar turar joyi jamoasi 3 o‘rinni egallashdi.

Talaba qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol sport musobaqalarida qizlarimiz juda faol qatnashishdi. №8 sonli talabalar turar joyi qizlar jamoasi faxrli 1 o‘rinni egallashdi, №5 sonli talabalar turar joyi qizlari 2 o‘rinni band etishdi.

Barcha sport turlari kabi qiziqarli va barchaning diqqat markazida bo‘lgan shaxmat sport turida ishtirok etgan talabalar orasida juda katta qiziqish uyg‘otdi.

Talaba qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi sport musobaqalarida qizlarimiz juda katta qiziqish bilan faol qatnashishdi. №3 sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi Tajibayeva N. faxrli 1 o‘rinni egalladi.

Shu tariqa talabalar turar joylari “Direksiya kubogi” uchun o‘tkazilgan sport musobaqalari barcha talabalarning xotirasida o‘chmas iz qoldirdi.

Fotolavhalar:

Translate: Eng Рус