Toshkent Tibbiyot Akademiyasining ijtimoiy fanlar kafedrasida 11 may kuni «9 may – Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Islom Karimov – ozod va obod Vatan asoschisi» mavzuda konferensiya o`tkazildi. Konferensiyada davolash fakultetining 201-202 guruh, OMX fakultetining, tibbiy-pedagogika va tibbiy-profilaktika fakultetlarining 201 guruhlari – rus guruhlari talabalari ishtirok etdilar.
Konferensiyani Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti F.S.Atamuratova boshlab berdi. U O`zbekistonnning birinchi Prezidenti Islom Karimovning hozirgi tinch, osoyishta va farovon hayotimizdagi o`rni beqiyosligi, buni har birimiz yodda tutishimiz kerakligi haqida gapirdi.
Konferensiyani talabalar o`zlarining taqdimotlari bilan davom ettirdilar:
- «O`zbekistonning Mustaqillikka erishishida Islom Karimovning o`rni» – OMX fakulteti 201 guruh talabasi Belskaya Angelina.
- «Islom Karimov – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asoschisi» – tibbiy-profilaktika fakulteti 201 guruh talabalari Kuanishbayeva Binur va G`aniyev Rustam.
- «Islom Karimovning milliy-ma`naviy tiklanish Konsepsiyasining mazmun-mohiyati» – davolash fakulteti 201 guruh talabalari Otajonov Timur va Haydarov Jaxongir.
- «Islom Karimov va O`zbekistonning iqtisodiy yutuqlari» – tibbiy pedagogika fakulteti 201 guruh talabalari Valijonova Diyora, Narziyeva Zebo va Shavkatova Nilufar
- «Islom Karimov O`zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati tashabbuschisi» – davolash fakulteti 202 guruh talabalari Raxmatullayev Akrom va Kochkarova Guzal.
- «Islom Karimov: «Mafkura – millat, jamiyat va davlatni birlashtiruvchi kuchdir» – davolash fakulteti 201 guruh talabalari Xamrayeva Umida va Raxmonova Nilufar.
- «O`zbekistonning jahon miqyosida obrusini o`shishida Islom Karimovning o`rni» – davolash fakulteti 401 guruh talabasi Erkaboyev Shoxrux va 202 guruh talabasi Pulatova Sitora.
Talabalar konferensiyada faol qatnashishdiiar, savollar berdilar va o`zlarining fikrlarini bildirdilar. O`zbekiston tarixida Birinchi Prezidentimizning o`rni beqiyos va talabalarning chiqishlari, fikrlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, yoshlar Islom Karimovni har doim qalblarida abadul abad saqlashadi, unga munosib farzand bo`lishga va davlatning rivojiga o`z hissalarini qo`shishga harakat qilishadi.
Konferensiya yakunida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Norqulov S.D. barcha konferensiya qatnashchilarga sertifikatlar topshirdi, ularga o`qish va hayotlarida muvaffaqiyatlar tiladi.