Yosh olimlarimizning ilmiy tadqiqotlar

Собиров АкбарSobirov Akbar TTA davolash fakulteti 402 guruh talabasi xalqaro ilmiy talabalar konferensiyasida «Bronxial astma bo’lgan bolalarda somatopsihik buzilishlar» mavzusidagi ilmiy ma’ruzasi uchun faxrli birinchi o’rinni egalladi.
Akbar o’z ilmiy rahbarlari bilan birgalikda otqazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida amalga oshirilgan ishi buyicha maruza qildi bu – bolalik davrida yuqumli va turli allergik kasalliklarni orasida eng keng tarqalgan hamda sog’liqni saqlash tizimida global muammolaridan biriga e’tiborini qaratgan – bu bronxial astma. Va, albatta, ushbu kasallikni O’zbekistonda ham, butun dunyoda ham tibbiy-psixologik va tibbiy-ijtimoiy ahamiyati katta. Bolalarda boshlangan bronxial astma ko’pincha kattalarda davom etadi, nogironlikning sababi va ayrim hollarda fojiali oqibatlarga
olib keladi.
G’olibimiz 12 yoshgacha bronxial astma bilan kasallangan somatopsihik kasalliklarning rivojlanishi qayd etilgan 350ta bolalar orasida Pediatric Asthma Quality of Questionnaire (PAQLQ) savolnoma yordamida hayot sifatini o’rganib chiqdi. Kasallikning davomiyligi oshgani sayin, motor faolligiga ega bo’lgan bolalar sonining ikki barobaridan ko’prog’i kamayib borishi aniqlandi. Astma nazorat qilish darajasi kamayganligi sababli, hayot sifati yomonlashadi, bu esa mushak, nafas olish va yurak-qon tomir tizimlarining adaptiv zahiralarini buzish bilan bevosita bog’liq. Bronxial astma bilan og’rigan bemorlarning boshlang’ich holatini o’rganib chiqdik, unda psixologik me’yorning konstitutsiyaviy doirasi – nafaqat bronxial astma klinik ko’rinishlarining bir xilligi, balki somatopsihik kasalliklarning shakllanishining konstitutsiyaviy-tipologik mexanizmini joriy etish bilan ajralib turadigan aksentuatsiya aniqlandi.
Shunday qilib, ushbu ilmiy ish natijalariga ko’ra, muvozanatli ruhiy holatga ega bo’lgan va faol hayot tarziga ega bo’lgan bolalarda bronxial astma kamroq hurujlar bilan yanada barqaror oqimga ega bo’lib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi va nogironlikning kamayishiga olib keladi.

TTA Davolash fakultetining 402 – guruh talabasi SOBIROV AKBARni
Qozon shahrida bo’lib o’tgan 94-xalqaro talabalar ilmiy-amaliy anjumanida
1-o’rin G’OLIBl BILAN TABRIKLAYMIZ!

XALQARO KONFERENSIYADA KATTA TAYYORGARLIK VA
YORDAM KO’RSATGANligi UCHUN ILMIY RAHBARLARNI
BOLALAR KASALLIKLARI PROPEDEVTIKASI va PEDIATRIYA
KAFEDRASI PROFESSORI HOLMATOVA BARNO
TURDIXODJAYEVNA va KAFEDRA ASSISTENTi TOSHMATOVA
GULNOZA A’LOEVNAlarga MINNATDORCHILIK BILDIRAMIZ
VA TABRIKLAYMIZ!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan