Hammani TIJ ga taklif etamiz!
Qadrli talabalar, sizlarni TTA Talabalar ilmiy jamiyati a’zosi bo’lishga taklif etamiz.
Oliy ta’lim muassasalari oldidagi asosiy vazifalaridan biri o’ziga ishongan , intiluvchan, o’z sohasida o’zini o’rnini biladigan yangi kadrlar avlodini yaratishdir. Tibbiyotda bunga ilmiy tadqiqotlarsiz erishish qiyin.
TTA da TIJ – kelajakda ilmiy ishlar bilan shug’ullanuvchi talabalarning karyerasini boshlang’ich bosqichi.
Qanday qilib TIJ a’zosi bo’lish mumkin?
1- qadam. O’zingiz qiziqqan fan o’qituvchingizga uchrashing.
2-qadam. O’qituvchi sizga ilmiy rahbar tayinlaydi.
3-qadam. O’zingizga qiziq mavzu tanlang, ilmiy rahbar maslahatlarini tinglagan holda, material yig’ing.
(shu bosqichda sizni sohangizga aloqador bemorlarning kasallik ma’lumotlarni yig’ib , sizga laboratoriyalarda tadqiqotlar o’tkazishni o’rgatishadi)
4 -qadam. TIJ muhim qismi bo’lgan,tezislar yozishni o’rganing.
5 -qadam. Kafedradagi yig’ilishda sizni taqdimot bilan chiqishingiz.
( asosan taqdimot prezentatsiya ko’rinishida tayyorlanadi, muhimi esa mavzuni gapirish bo’lib, yig’ilgan ma’lumotlarni shunchaki o’qish bo’lmasligi kerak).
Agar sizning chiqishingiz muovafaqiyatli bo’lsa,…
6 -qadam. Siz o’z ishingizni barcha kafedra a`zolari oldida birinchilik uchun boshqa talabalar bilan bellashasiz.
7 -qadam. G’oliblarni taqdirlash. (1,2,3 o’rinlar)
Rostan ham hayratdan so`z topa olmayapsizmi..? Bu juda qiziq tadbir bo’lib,siz bunda har yili ishtirok etishingiz mumkin.
Bizga TIJ nima beradi?
– nutq so’zlashni va yozish xususiyatlarini yaxshilanishi;
– ijodiy xususiyatlarni takomillashishi;
– sizda ilmiy maqola uchun mavzu bo’ladi;
– siz nimadir yangilik yaratishingiz mumkin.
Albatta, o’z loyihangizni muvaffaqiyatli chiqishi uchun uning ustida kuchli ishlash , ko’p ma`lumotlargalarga ega bo’lish, oldingi proyektlar analizi, o’z xatolarini tog’ri qabul qilish, qat`iyatli bo’lish kerak. O’zingizni fan olamida sinab ko’rish ajoyib emasmi?
O’z imkoniyatingizni qo’ldan boy bermang. Biz bilan ulkan marralarga erishing!
TTA Talabalar kengashining Ilmiy bo’limi