Hammani TIJ ga taklif etamiz!…

Hammani TIJ ga taklif etamiz!

Qadrli talabalar, sizlarni TTA Talabalar ilmiy jamiyati a’zosi bo’lishga taklif etamiz.

Oliy ta’lim muassasalari oldidagi asosiy vazifalaridan biri o’ziga ishongan , intiluvchan, o’z sohasida o’zini o’rnini biladigan yangi kadrlar avlodini yaratishdir. Tibbiyotda bunga ilmiy tadqiqotlarsiz erishish qiyin.

TTA da TIJ – kelajakda ilmiy ishlar bilan shug’ullanuvchi talabalarning karyerasini boshlang’ich bosqichi.

Qanday qilib TIJ a’zosi bo’lish mumkin? 

1- qadam. O’zingiz qiziqqan fan o’qituvchingizga uchrashing.

2-qadam. O’qituvchi sizga ilmiy rahbar tayinlaydi.

3-qadam. O’zingizga qiziq mavzu tanlang, ilmiy rahbar maslahatlarini tinglagan holda, material yig’ing.

(shu bosqichda sizni sohangizga aloqador bemorlarning kasallik ma’lumotlarni yig’ib , sizga laboratoriyalarda tadqiqotlar o’tkazishni o’rgatishadi)

4 -qadam. TIJ muhim qismi bo’lgan,tezislar yozishni o’rganing.

5 -qadam. Kafedradagi yig’ilishda sizni taqdimot bilan chiqishingiz.

( asosan taqdimot prezentatsiya ko’rinishida tayyorlanadi, muhimi esa mavzuni gapirish bo’lib, yig’ilgan ma’lumotlarni shunchaki o’qish bo’lmasligi kerak).

Agar sizning chiqishingiz muovafaqiyatli bo’lsa,…

6 -qadam. Siz o’z ishingizni barcha kafedra a`zolari oldida birinchilik uchun boshqa talabalar bilan bellashasiz.

7 -qadam. G’oliblarni taqdirlash. (1,2,3 o’rinlar)

Rostan ham hayratdan so`z topa olmayapsizmi..? Bu juda qiziq tadbir bo’lib,siz bunda har yili ishtirok etishingiz mumkin.   

Bizga TIJ nima beradi?  

– nutq so’zlashni va yozish xususiyatlarini yaxshilanishi;

– ijodiy xususiyatlarni takomillashishi;

– sizda ilmiy maqola uchun mavzu bo’ladi;

– siz nimadir yangilik yaratishingiz mumkin.

Albatta, o’z loyihangizni muvaffaqiyatli chiqishi uchun uning ustida kuchli ishlash , ko’p ma`lumotlargalarga ega bo’lish, oldingi proyektlar analizi, o’z xatolarini tog’ri qabul qilish, qat`iyatli bo’lish kerak. O’zingizni fan olamida sinab ko’rish ajoyib emasmi?            

 O’z imkoniyatingizni qo’ldan boy bermang. Biz bilan ulkan marralarga erishing!           

TTA Talabalar kengashining  Ilmiy bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan