Toshkent Tibbiyot Akademiyasi,  “Umumiy va Bolalar Xirurgiyasi” kafedrasi nomidan, Navro`z ayyomiga atalgan kamtarona BAYRAM  TABRIGI…

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi,  “Umumiy va Bolalar Xirurgiyasi” kafedrasi nomidan, Navro`z ayyomiga atalgan kamtarona

BAYRAM  TABRIGI

Navro’z qadimiy milliy bayrami (forz tilidan tarjima qilindanda «yangi kun» ma’nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro’z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.
Navro’z (Navruz) bayrami fors-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21-mart kuni nishonlanib, aynan kun va tun teng bo’lgan paytga mos keladi.  Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan „ zardushtiylik“ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga olgan ekan.  Navro’z  so’zi fors-tojik tilidan olingan bo’lib «Yangi kun» degan ma’noni bildiradi. Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan. Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda koʻpchilikning „Navroʻz qaerda va qachon paydo boʻlgan ekan?“ — degan savoliga „Saodat“ jurnalida eʼlon qilingan „Onaqutining saxovati“ maqolasida bunga asosli javob berilgan. Unda jumladan: «Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani boʻlgan, dunyoviy fanlarga asos solgan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navroʻz bayrami ilk bor xuddi shu zaminda Niso (yaʼni, ayol shahri poytaxti boʻlmish Parfiyona) grek va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Bunga Burgut qal’a, Jomboq qal’a va Niso qoʻrgʻonlarida bunyod qilingan va shu kunlargacha saqlanib qolgan „olov uy“lari yaqqol misol boʻla oladi. Burgut qal’a markazida moviy gumbazli maqbara boʻlgan. Maqbara mehrobida Onaqutining koʻtarilgan qoʻlida Zumrad tosh boʻlgan. Bahorgi teng kunlikda-shamsiy hisob bilan hamal oyining birinchi kuni, hozirgi taqvimimiz boʻyicha 22-martda maqbara gumbazidagi tuynukdan quyosh nuri Onaquti qoʻlidagi Zumrad toshiga tushib, sumalak pishirish uchun tayyor turgan qozonning oʻtxonasiga oʻt yoqqan», deyilgan. Firdavsiyniig „Shohnoma“sida yangi yil bayrami shoh Jamshid nomi bilan bogʻlanadi. Jumladan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarga kasb oʻrgatadi, temir eritib qurol yasatadi, ip yigirtirib kiyim toʻqitadi, imoratlar barpo qiladi, tabiblik sirlarini ochadi, kema yasaydi, bogʻ bunyod qiladi. Nihoyat, „ishlari gurkirab berganda meva“ bir kuni taxt yasatib, unda osmonga koʻtariladi. Ushbu afsonaga koʻra xuddi shu kuni Navroʻz nishonlangan. Alisher Navoiy „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlari tarixi“) asarida Jamshidning buyuk kashfiyotlari soʻngida ulugʻ Navroʻz ixtiro qilinganligini bayon qiladi. Navoiy yozishicha: «Jamshid „Chihil minor“ nomli qilindi.

Bugungi kunda navruz bayrami O’zbekiston va O’rta Osiyodagi boshqa mamlakatlar mustaqillikka erishgach, boshqa qadriyatlar qatorida Navro’z bayrami yana tiklandi. Hozir O’zbekistonda ham Navro’z umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi, 21 mart dam olish kuni deb e’lon qilingan. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi xiyobon va maydonlarda bayram sayillari tashkil qilinadi, konsertlar beriladi. Bir necha kun mobaynida mahallalarda Navro’zga bag’ishlangan tadbirlar o’tkaziladi, sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar pishiriladi. Navro’z kunlari hokimliklar, mahallalarning faollari, xayr-ehson tashkilotlari — mehribonlik uylari bolalari, urush va mehnat faxriylari, yolg’iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg’a- salomlar ulashadi Oʻzbekistonda navroʻz 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi. Navroʻz — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlaritomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navroʻz kunlari qishki manzillari — qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari -yozloqlarga koʻchib oʻtishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qoʻsh solishgan. Jamoa-jamoa boʻlib, hasharlar uyushtirishgan. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda meʼvali, manzarali daraxtlar oʻtqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navroʻz — yangi yil, yangi hayot qaynagan. Ajdodlarimiz Navroʻz bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navroʻz taomlari ham oʻziga xos boʻlgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayerlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol boʻlgan. Ular Navroʻz bayramida turli ommaviy bayram oʻyinlari oʻynaganlar. Ot oʻyin, chillak, qoʻgʻirchoq, toshoʻyin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, boʻy qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik koʻrishgan.

Shu munosabat bilan, biz ham Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektori A.Q.Shodmonov, shu jumladan, “Umumiy va Bolalar Xirurgiyasi” kafedrasi professor-o`qituvchilari va barcha xodimlari nomidan butun O`rta Osiyo xalqlari va jamiki qardoshlarimizni 21-Mart Yangilanish va Yasharish ayyomi bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Bayramingiz qutlug’ bo’lsin!

 

Muallif:  t.f.n., katta o`qituvchi Nasiba Xudoyberganova

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan