Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-son Umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi…

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-son Umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi

Katta o`qituvchilari Bobobekov A.R., Xudayberganova N.Sh. va assistentlar Mo`minov A.T., Bobaqulova SH. A. tomonlaridan Toshkent viloyati tumani «Qir-Ariq» mahallasida mahalla fuqarolari bilan ma`naviy-ma`rifiy, ma`daniy tadbir o`tkazildi. Tadbirda 10-maktab jamoasi, Qir-Ariq mahallasi raisi G’ofurova M. X va mahalla faollari qatnashdi.

Katta o`qituvchi Xudayberganova N. Sh. Tomonidan bir guruh ayollarga  «Sut bezi sarotani» mavzusiga bag`ishlangan ma`ruza o`qildi.

Assistant Mo`minov A. T. tomonidan mahalla raisi G`ofurova M. Xdan mahalladagi fuqarolarning yashash tarzi, temir daftarga tushgan oilalar yordamga muhtoj oilalar haqida ma`lumot to`plandi va ular haqida qisqa metrajli video ham tayyorlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan