Butunjahon sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolarning yechimini mujassamlashtirgan g‘oyalar berish va ijtimoiy ma‘suliyatni tarbiyalash maqsadida har yili butun dunyo davlatlarida BMT modeli
𝑷𝒖𝒃𝒍𝒊𝒄 𝑯𝒆𝒂𝒍𝒕𝒉 𝑴𝑼𝑵 anjumani bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 8-9 oktabr kunlari ilk bor O’zbekistonda, “Sharq gavhari”-Buxoro shaxrida bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ishini modellashtiradilar va Sog‘liqni saqlash sohasidagi keng ko‘lamli muammolarga yechim topishga harakat qildilar.
Shu jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ham ushbu anjumanda barcha ishtirokchi OTM vakillari ichida o‘z liderlik va notiqlik qobiliyatlarini namoyon qilgan holda, o‘z yo‘nalishlarida
“Eng yaxshi spiker” – 1-son Davolash fakulteti talabasi Tursunbayeva Diyora;
“Eng yaxshi delegat” – 1-son Davolash fakulteti talabasi Habibova Feruzabonu;
«Eng yaxshi pozitsion xat» – 1-son Davolash fakulteti talabasi Sobirjonov Jaxongir
unvonlari hamda bir qator nominatsiyalarga sazovor bo‘lishdi.
.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi