Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari 𝑷𝒖𝒃𝒍𝒊𝒄 𝑯𝒆𝒂𝒍𝒕𝒉 𝑴𝑼𝑵 anjumanida ishtirok etdilar

🌍 Butunjahon sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolarning yechimini mujassamlashtirgan g‘oyalar berish va ijtimoiy ma‘suliyatni tarbiyalash maqsadida har yili butun dunyo davlatlarida  BMT modeli

𝑷𝒖𝒃𝒍𝒊𝒄 𝑯𝒆𝒂𝒍𝒕𝒉 𝑴𝑼𝑵 anjumani bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 8-9 oktabr kunlari ilk bor O’zbekistonda, “Sharq gavhari”-Buxoro shaxrida bo‘lib o‘tdi.

✅ Ikki kun davomida Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ishini modellashtiradilar va Sog‘liqni saqlash sohasidagi keng ko‘lamli muammolarga yechim topishga harakat qildilar.

🌐 Shu jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ham ushbu anjumanda barcha ishtirokchi OTM vakillari ichida o‘z liderlik va notiqlik qobiliyatlarini namoyon qilgan holda, o‘z yo‘nalishlarida

“Eng yaxshi spiker” – 1-son Davolash fakulteti talabasi  Tursunbayeva Diyora;

“Eng yaxshi delegat” – 1-son Davolash fakulteti talabasi  Habibova Feruzabonu;

«Eng yaxshi pozitsion xat» – 1-son Davolash fakulteti talabasi Sobirjonov Jaxongir

unvonlari hamda bir qator nominatsiyalarga sazovor bo‘lishdi.

.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.