20 oktyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga qabul qilingan tyutorlar bilan seminar trening tashkil etildi. Seminar treningda tyutorlar faoliyatining tashkil etishning umumiy qoidalari talablari maqsad va vazifalari maʼnaviy –maʼrifiy va ahloqiy tarbiya, o’quv va o’quv-uslubiy sohalardagi ishlar hamda tyutorning huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuncha va ko’rsatmalar berildi. Tyutorlik faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi namunaviy nizom o’rganildi. Tyutorlarga o’zaro savol-javob asosida ma’lumotlar berildi va suhbat o’tkazildi. Tyutorlik faoliyati yo’nalishiga doir ilmiy amaliy va metodik tavsiyalar berildi.