Toshkent tibbiyot akademiyasida Tyutorlar faoliyatini tashkil etish bo’yicha seminar trening bo’lib o’tdi

20 oktyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga qabul qilingan tyutorlar bilan seminar trening tashkil etildi. Seminar treningda tyutorlar faoliyatining tashkil etishning umumiy qoidalari talablari maqsad va vazifalari maʼnaviy –maʼrifiy va ahloqiy tarbiya, o’quv va o’quv-uslubiy sohalardagi ishlar hamda tyutorning huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuncha va ko’rsatmalar berildi. Tyutorlik faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi namunaviy nizom o’rganildi. Tyutorlarga o’zaro savol-javob asosida ma’lumotlar berildi va suhbat o’tkazildi. Tyutorlik faoliyati yo’nalishiga doir ilmiy amaliy va metodik tavsiyalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan