Zamonaviy axborot texnologiyalarining saylov jarayoniga ta’siri bugunga kelib sezilarli darajada oshganligi, saylovchilar shaxsiy ma’lumotlarining birinchi marta Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (SJBAT) dasturiga kiritilishi saylovlarda fuqarolarning faolligini oshirishga xizmat qilib, saylov jarayonlarida ishtirok etayotganlar uchun yengillik yaratmoqda.
Ushbu muhim jarayonda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p sonli jamoasi, talabalari, magistrlar hamda klinik ordinatorlari faol ishtirok etmoqdalar. Saylovlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tmoqda.