Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari saylov jarayonlarida…

24 oktyabrda Toshkent tibbiyot akdemiyasida soat 8.00 dan Prezident saylovlarida ovoz berish uchun 5 ta saylov okrugida 4 mingga yaqin talabalar saylov jarayonlarida ishtirok etishni boshladilar. Jarayon soat 20.00ga qadar faoliyat yuritadi.

Prezidentlikka uchun 5 nomzod kurash olib bormoqda: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov va Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov.

Xozirga qadar, Toshkent tibbiyot akademiyasida tashkil etilgan saylov uchastkalarida jami saylovchi talabalarning 24 foizi  ovoz berib bo’ldilar. Barcha saylov uchastkalariga Ichki ishlar vazirligining xodimlari va jamoatchilik vakillari jalb qilingan. Saylovlar pandemiya sharoitida o‘tayotgani sababli ovoz beruvchilarning karantin cheklovlariga amal qilishi nazorat qilinmoqda. Jumladan, ularga saylov uchastkasiga kirish joyida himoya niqoblari, qo‘lqoplar va  dezinfektsiya vositalari tarqatilmoqda. Har bir saylov uchastkasida tibbiy punkt tashkil etilgan bo‘lib, ularda tibbiyot xodimlari navbatchilik jarayonlarini amalga oshirmoqdalar.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda  Prezident saylovlari har 5 yilda o‘tkaziladi. 2016 yilda o‘tkazilgan oxirgi Prezident saylovlarida Shavkat Mirziyoev 88 foizdan ko’proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi.

Shadmanov Alisher Kayumovich

Shadmanov Alisher Kayumovich

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan