TTA Kampusda oltin kuz

Mana TTA Kampusda xam oltin kuz uzining zarxal rangini sochib atrofni guzal manzaraga aylantirdi. Tabiat va uning bag‘ridagi o‘zgarishlar hohlaymizmi yoki yo‘qmi sizu bizning ruhiyatimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Kuz fasli boshlanishi bilan tabiat bir oz sokin tortib, mahzun qiyofaga kiradi. Daraxt shoxlaridan chirt-chirt uzilib ona zamin bag‘riga singib ketayotgan xazonlar kechagina yam-yashil barg bo‘lib, shoxlarda ko‘kka talpinayotgan edi. Mana shunday kezlarda kuz nafasi aks etgan bog‘u-rog‘larda kitob o’qishning gashti bo’lakcha, hiyobonlarni kezish, kelajak uchun yangi maqsadlarni tuzish lozim. Akademiyamizda kechayotgan yangilanish va islohotlar, talabalarga yangi sharoitlarni yaratilayotganligi barchamizni birdek quvontiradi. Ayni kuzning o‘ychan va mahzun kezlarida akademiya yangi binosida rekonstruktsiya ishlari qizg’in. Talabalar esa o’qishga
shoshgan. Kimdir hushhavo ko’m-ko’k osmon ostida kitob varaqlagan. Oltin kuz o’zining rangin hazinalaridan akademiyaning keyingi muvaffaqiyatlari uchun baraka olib kelsin….

Eslatib o’tamiz bugun ayni tushlik vaqtida  yomg’ir yog’ishi kutilmoqda, soyabonlarni olishni unutmang…

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan