Toshkent tibbiyot akademiyasida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi preparatlarnig suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish” mavzusidagi davra suhbati.

Joriy yil 29-oktabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Аkademik litseyi majlislar zalida TTА “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi mudiri, Respublika narkologiya ilmiy-amaliy markazi direktori Z.Sh.Ashurov, Toshkent shahar, Olmazor tumani IIB jinoyat qidiruv va giyohvandlikga qarshi kurash boʼlimi boshligʼi, militsiya podpolkovnigi B.S.Saidaliev va Toshkent shahar Olmazor tumani IIB 5-bo‘lim boshlig‘i, militsiya podpolkovnigi K.K.Karimov, Toshkent shahri Olmazor tumani IIB 5-bo‘lim bosh noziri X.A.Boymonovlar ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi preparatlarnig suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori T.A.Bobomurotov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, mavzu doirasida TTA da amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Shundan soʼng Toshkent tibbiyot akademiyasi “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi mudiri, Respublika narkologiya ilmiy amaliy markazi direktori Z.Sh.Ashurov giyohvandlik illati va uning salbiy oqibatlari xususida, Toshkent shahar, Olmazor tumani IIB jinoyat qidiruv va giyohvandlikga qarshi kurash boʼlimi boshligʼi, militsiya podpolkovnigi B.S.Saidaliev va Toshkent shahar Olmazor tumani IIB 5-bo‘lim boshlig‘i, militsiya podpolkovnigi K.K.Karimov, Toshkent shahri Olmazor tumani IIB 5-bo‘lim bosh noziri X.A.Boymonovlar esa yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ekstremizm, terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, talabalar orasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar va ularni oldini olish bo‘yicha aniq takliflarni bayon etdi. Shuningdek, taqdimotlarda jinoyatchiliklar oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumishi, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri kelishi va giyohvandlikka qarshi qurashni kuchaytirish maqsadida BMT tomonidan “Narkotik moddalar to‘g‘risida”gi, “Psixotrop moddalar” hamda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to’g‘risida”gi konvensiyalar qabul qilinganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Notiqlar taqdimotlari va fikr- mulohazalaridan so‘ng talabalar bilan savol-javob asosida ochiq muloqat tashkil etildi. Tadbir qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tdi  va barcha yigʼilganlarga manzur boʼldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan