Jaholatga qarshi-ma’rifat

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba-yoshlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida soha mutaxassislari bilan “Jaholatga qarshi-ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlaribo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi I.I.Marupov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori F.Majidova, Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mas’ul xodimi A.A.Karimov hamda Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi U.Sultonovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan qizg‘in ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda o‘z vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik xissini yanada rivojlantirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni yoshlar qalbiga doimiy singdirib borish zarurligi ta’kidlandi.
Talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan bildirgan taklif-tavsiyalariga soha mutaxassislari tomonidan munosib javoblar berildi hamda bu kabi targ‘ibot tadbirlarini fakultetlar, guruxlar kesimida doimiy o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan