TTA rektorining KOFIH (Janubiy Koreya) vakili bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

An official meeting was held between the rector of the Tashkent medical academy and a representative of KOFIH (South Korea)

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorining navbatdagi rasmiy uchrashuvi KOFIH (Janubiy Koreya) vakili bilan bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muhokama qilingan asosiy masala Akademiyaga 5 million AQSh dollari miqdorida grant ajratish masalasi bo‘ldi.

Kelgusida Janubiy Koreyada Akademiya va KOFIH o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolash bo‘yicha yakuniy uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Grant Akademiya xodimlarining malakasini oshirishga, jumladan, qo‘shma ilmiy va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga, shuningdek, Koreya Respublikasida 20 ta tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha 3 yil davomida xalqaro stajirovka o‘tashga yo‘naltiriladi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.