Joriy yil 30-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Jaholatga qarshi-ma’rifat” shiori ostida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi aholisini buzg‘unchi g‘oya va harakatlar ta’siridan asrash, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish hamda mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl mazmunini ochib beruvchi tadbirlarni mazmun mohiyati, Islomda e’tiqod erkinligi, dinlardagi ixtiloflar, yaxshilik, kabi axloq masalalariga oid tushunchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Tadbir ishtirokchilarining diniy va ilmiy yo‘nalishlardagi savollariga tadbir ishtirokchilari tomonidan ilmiy asoslangan javoblar qaytarildi. Tadbir barcha talabalarga manzur bo‘ldi.