“Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida oʻtkazilayotgan Yoshlar oyligida talabalarimiz akademiya sharafini munosib himoya qilishmoqda

Toshkent shahrida “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida Yoshlar oyligi oʻtkazilmoqda. Loyiha doirasida yoshlarning Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, zararli odatlardan voz kechish hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli, shuningdek, samarali tashkil qilish maqsadida joriy yilning 1-dekabr kuni sportning stol tennisi,  futzal sport turlari hamda QUIZ intellektual o’yini bo‘yicha “Toshkent shahar hokimi kubogi”  musobaqalari oʻtkazildi. Mazkur musobaqalarda Toshkent tibbiyot akademiyasidan saralab olingan  talabalar faol   ishtirok etib akademiya sharafini munosib himoya qildilar. Yoshlar oyligi davom etmoqda.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan