Abdg‘affor Gadayev – tibbiyot ilmining rivoji uchun eng ko‘p kitob yozadigan ijodkor shifokor, zahmatkash olim. Tibbiyot fanlari doktori, professor.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Axborot resurs markazida O’zbekiston  respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, mohir pedagog,  exokardiografiya bo‘yicha yirik terapevt Abdug‘affor Gadayev bilan bo‘lajak shifokorlar uchrashuvi o‘tkazildi. Hamma yozgi ta’tilda dam olayotgan bir paytda bizning olimimiz bir haftalik tanaffus bilan cheklanadi. U beorom tunlari evaziga faqat  yozadi,  izlanadi,  talabasiga tibbiyotning yangi sir asrorlari haqida yozdi. UASh tayyorlash sohasi asoschisi bugungi uchrashuvda minglab shogirdlarning kumiriga aylanib ulgurgan ustoz  yoshlarni yana bir yangilikdan voqif etdi. Yaqinda uning Avstraliyalik dasturchi olimlar bilan hamkorlikdagi  «Hammasi tibbiyot haqida» deb nomlangan maxsus loyihasiga start  beriladi. Demak, barcha uchun qulay bo‘lgan davolash usullarini  masofadan turib o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan