Toshkent tibbiyot akademiyasida qishki ta’til davrida xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli xil sport, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, 5 yanvar kuni talabalarni shifokor sport majmuasida xorijiy talabalar va Tyutorlar o’rtasida sport turning “Voleybol”, “Stol tennis”, “Yugurish” turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Bahslar qiziqarli va murosasiz kechib, bunda Qazog’istonlik talaba Jorayev Riskiboy sport turning “tennis” bo‘yicha 1 – o‘rinni egalladi. “Voleybol” sport turida Pokistonlik va Turkmanistonlik talabalarga omad kulib boqdi. Musobaqada faol ishtirok etgan xorijiy talabalar munosib taqdirlandi. Akademiya jamoasi bilan kelishgan holda bunday sport turlarini kelgusida yana davom ettirish yo‘lga qo‘yildi.