TOSHKENT TIBBIYOT AKADYEMIYASI TALABALARI DIQQATIGA

T A N L O V L A R
January 10, 2022

Hurmatli talabalar!

Toshkent tibbiyot akademiyasida 8000 ga yaqin talabalar tahsil olmoqlar. Talaba- yoshlarimiz orasida ko‘plab iqtidor egalari, ijodkor yoshlarimiz bor. Shunday yoshlarni birlashtirish, ularni orasidan iqtidorli, ijodkor talaba yoshlarni kashf qilish, iqtidorlarini namoyish qilish hamda talabalarni qishki ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2022 yil yanvar oyida Vatanparvarlik oyligi doirasida “Keling Vatanimizga qanot bo‘laylik” mavzusida onlayn tanlovlar hamda musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishdagi onlayn tanlovlarni e’lon qilamiz.

1 tanlov – “Uchinchi renessans-yoshlar nigohida” onlayn tanlovi

2-tanlov – “Eng zo‘r kompyuter dasturchisi”

3- tanlov – “Keling Vatanimizga qanot bo‘laylik”

4-tanlov – Milliy hunarmandchilik yo‘nalishidagi ijodiy ishlar tanlovi

5 tanlov – “Oilam – mening hayotim”

6 tanlov – “Ustozim – hayotim chirog‘i”

7 tanlov – “Tibbiyotning barhayot siymolari”

8 tanlov – “Mahallam – mening faxrim”

9 tanlov – “O‘zbekistonda yashashim bilan g‘ururlanaman, Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishim bilan fahrlanaman, ” .

Musobaqalar !

– Shaxmat bo‘yicha onlayn turnir

– Zakovat intelektual o‘yini bo‘yicha onlayn musoboqa

Eslatma: Tanlovlarda ishtirok etishni istagan talabalar bugundan boshlab, 16.01. 2022 yilga qadar, har kuni o‘z ijodiy ishlarini fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha muovinlariga qaysi tanlovda qatnashayotnini ko‘rsatgan holda materiallarni quyidagi telegram raqamlari orqali yuborishlari mumkin:

– 1-son davolash fakulteti dekan muovini Qo‘chqarov Botirjon Akmaldinovich (tel: 90-333-00-13)

– 2-son davolash fakulteti dekan muovini Ahmedov Umid Rufatovich (tel:90-993-63-23)

– Tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti dekan muovini Rustamova Surayyo Shahobovna ( tel: 97-730-69-79)

– Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekan muovini Razzaqov Alisher Ahmatovich ( tel:99-870-15-16)

– Menejement, tibbiy biologiya, biotibbiyot muxandisligi va Oliy malumotli hamshira fakul’teti dekan muovini N.H.Abdurahmonova (93-546-00-73)

– Shaxmat va “Zakovat” turnirlari bo‘yicha qatnashish uchun davolash fakulteti talabasi J.Boboevga + 998998639608 telegramm orqali.

 

Tanlovda qatnashish erkin tarzda amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan mavzularda she’r yozish, qo‘shiq, raqs ijrosi, kitob taqdimotlari, rasm chizish qobiliyati, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport bilan shug‘ullanish jarayonlarini video, audio, videoklip, matn shakllarida (erkin shaklda) tayyorlashingiz mumkin. Tanlov yo‘nalishlari g‘oliblariga Toshkent tibbiyot akademiyasining esdalik sog‘alari, sertifikatlar taqdim etiladi.

Ijrochi. M.Хasanova tel: 78 – 150-78-03.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan