Shaxmat bu vaqt zamon tanlamaydigan sport turi

Toshkent tibbiyot akademiyasida 2022 – yilning ilk oyi talabalar uchun ajoyib imkoniyatlarga boy bo’lmoqda. 17-19 yanvar kunlari onlayn tarzda Lichess.com saytida «TTA shahmat kubogi» o’tkazildi. Uch kun davom etgan musobaqa keskin qarama-qarshiliklarga boy bo’ldi. Birinchi kungi baxslarda umumiy xisobda 150 nafar talaba ishtirok etib , umumiy 271 ta partiya o’ynaldi. Natijalarga ko’ra 87 nafar talaba musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

Ikkinchi kungi baxslarda 202 ta partiya o’ynaldi. Natijalarga ko’ra 40 nafar talaba final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Final o’yinida umumiy 150 partiya o’yin o’tkazildi.

Natijalarga ko’ra:
1- o’rin – Ergasheva Feruza 1- Davolash ishi fakulteti 405- guruh talabasi
2- o’rin – Bahodirov Jasurbek 2- Davolash ishi fakulteti 303-guruh talabasi
3- o’rin – Qaxxorov Abduvohid Tibbiy profilaktika fakulteti 401- guruh talabasi

Finalga chiqqan talabalar xohishiga ko’ra final o’yini oflayn tarzda an’anaviy ta’limga qaytilganidan so’ng o’tkazilishi rejalashtirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan